18.05.2023
116

MARKAZ VA SINGAPUR DELEGATSIYASI O‘RTASIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

2023-yil 18-may kuni Singapur Respublikasi Adliya va ichki ishlar vaziri Kasivisvanatxon Shanmugam hamda ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Zulkifli Baharuddin boshchiligidagi delegatsiya Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Markaz rahbariyati va Singapur Respublikasi delegatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama amaliy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Ushbu asnoda Kasivisvanatxon Shanmugam O‘zbekiston hududidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkir allomalarning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini e’tirof etib, Movarounnahr nafaqat islomiy ilmlar, balki dunyoviy ilm sohalarida ham dunyoning eng qadimgi madaniy markazlaridan biri bo‘lganiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, Kasivisvanatxon Shanmugam Markaz faoliyati, jumladan, asosiy maqsad va vazifalari, ajdodlar merosini o‘rganish hamda keng targ‘ib qilish hamda islomshunoslikka oid zamonaviy muammolarning ilmiy-nazariy yechimlarini topish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari bilan yaqindan tanishdi. Xususan, Markazning bugungi kunda global muammoga aylanib bo‘lgan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi raddiya berish bo‘yicha tajribasiga alohida qiziqish bilan qaraldi. Kasivisvanatxon Shanmugam Markaz tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, istiqbolda aynan ushbu sohada o‘zaro tajriba almashish maqsadida xodimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kuchli ehtiyoj mavjudligini ta’kidladi.

Muzokaralar davomida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Singapurdagi ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, jumladan, xodimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy islomshunoslikka oid masalalarni tadqiq etishga qaratilgan qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. 

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 
Matbuot xizmati

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry