03.05.2023
121

Imom Moturidiy ilmiy merosi bo‘yicha xalqaro tanlov g‘oliblari Markazda

Imom Moturidiy merosi bo‘yicha misrlik tadqiqotchilar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari – al-Azhar universiteti professor-o‘qituvchilari doktor Amol Usmon, doktor Avvod Mahmud Avvod va doktor Muhammad Mish’allar 2023-yil 2-may kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga yetib keldilar.

Misrlik tadqiqotchilar Markaz rahbariyati tomonidan kutib olinib, Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rganish hamda keng targ‘ib qilish yuzasidan bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ta’kidlash kerakki, misrlik tadqiqotchilarning O’zbekistonga tashrifi yuzasidan ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlaridagi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda diqqatga sazovor ziyoratgohlarga tashriflar, soha bo‘yicha ta’lim olayotgan magistr va tadqiqotchilar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari hamda boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkillashtirish rejalashtirilgan.
 

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 
Matbuot xizmati

 

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry