05.08.2021
843

5 avgust- O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavallud topgan kun

   Taniqli o‘zbek yozuvchisi va jamoat arbobi O‘tkir Hoshimov 1941 yili 5 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini tugatgan (1964). O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991).

    Ilk kitobi — «Po‘lat chavandoz» (1962, ocherklar to‘plami). Birinchi yirik nasriy asari — «Cho‘l havosi» (1963). «Odamlar nima derkin» (1965), «Shamol esaveradi» (1966), «Qalbingga quloq sol» (1973), «Bahor qaytmaydi» (1970), «Dunyoning ishlari» (1982) qissalari hamda «Nur borki, soya bor» (1976), «Ikki eshik orasi» (1986), «Tushda kechgan umrlar» (1994) romanlari nashr etilgan.Yozuvchining bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. «Xazon bo‘lgan bahor», «Inson sadoqati» (1975), «Vijdon dorisi», «To‘ylar muborak» (1979), «Qatag‘on» kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» (2001) kitobi ijtimoiy-ma’naviy hayotda muayyan iz qoldirgan.

  Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1986). «Mehnat shuhrati» (1996), «Buyuk xizmatlari uchun» (2001) ordenlari bilan mukofotlangan. 2013 yil 24 may kuni vafot etgan.

   Yozuvchining bolaligi urush va urushdan keyingi mashaqqatli davrga to‘g‘ri keldi. „O‘sha davrda non tanqis bo‘lgani bilan kutubxonalarda kitob ko‘p edi“, deya eslagan edi yozuvchi o‘z xotiralarida.Kitob o‘qish barobarida O‘tkir Hoshimov pochtada xat tarqatuvchi bo‘lib ishladi.

   Aynan mana shu ish O‘tkir Hoshimovni oddiy odamlarning kitobdagi hayotdan butunlay boshqa turmushiga oshno qildi. 1959 — 62 yillari „Qizil O‘zbekiston“, 1963-66 y. „Toshkent haqiqati“ 1966-82 yillari „Toshkent oqshomi“ gazetalarida adabiy xodim bo‘lib ishlagan.

Manba:kitobxon.com

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry