04.04.2023
171

O‘zbek qorilari AQSHda

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Abdurahmonov Ixtiyor va Toshkent Islom instituti o‘qituvchisi Rashidov Ahmadxonlar Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etish maqsadida AQSHning Florida shtatida joylashgan Orlando shahridagi “Al-Buxoriy” islom markaziga safar qildilar.

Bir oy davom etadigan safar mobaynida AQSHda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun diniy-ma’rifiy mazmundagi suhbatlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Markaz tomonidan nashr qilingan kitoblar, jumladan, Imom Moturidiy “Ta’vilot al-Qur’on” asarining 29-, 28–27-juzlarining o‘zbek tilidagi ilmiy-izohli tarjimasi, Abul Muin Nasafiyning “Bahr al-kalom” va “Abu Mansur Moturidiy” nomli tarixiy roman “Al-Buxoriy” islom markazi kutubxonasiga taqdim qilindi. Ta’kidlash lozimki, mazkur kitoblar vatandoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry