03.08.2021
298

O‘zbekiston va Malayziya vakillari ziyorat turizmi bo‘yicha tajriba almashdi

Kuala-Lumpurdagi elchixonamiz ko‘magida O‘zbekiston turizm va sport vazirligi vakillari Malayziya Islom sayyohlik markazi (Islamic Tourism Centre – ITC) tomonidan "Crescent Rating" xalqaro agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Malayziya – musulmon turizmi uchun manzil" (Muslim-Friendly Malaysia) mavzusi bo‘yicha vebinarda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.

Elchixonaga ko‘ra, tadbir davomida pandemiyaning turizm sohasiga ta’sirini yumshatish va sohani tiklash istiqbollari, chegaralarning ochilishi sayin musulmon turizm bozorining salohiyatini ochish, segment va "halol sayohat" standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish masalalari, jumladan, halol mahsulotlarning mavjudligi va ibodat qilish uchun sharoitlar mavjudligi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tadbir davomida 2015 yildan boshlab «Crescent Rating» agentligi tomonidan har yili tuzilgan Global Muslim Travel indeksida an’anaviy tarzda birinchi o‘rinni egallab kelayotgan Malayziyaning ziyorat turizmi sohasidagi tajribasi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ziyorat turizmini targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar, shuningdek, mamlakatning boy islom merosini xalqaro miqyosda o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli tashabbuslari tufayli 2021 yilda Respublika musulmon turizmining global indeksida 6 pog‘ona ko‘tarilib, 16-o‘rinni egallagani qayd etildi.
Islom turizmi markazi 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Malayziya turizm, san’at va madaniyat vazirligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Markaz mezbon mamlakatda Islom turizmini rivojlantirish bo‘yicha maslahat organi vazifalarini bajaradi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry