01.04.2023
399

ABU HANIFA VA U KISHINING MAZHABLARI

Musulmonlar ommasiga Imomi A’zam nomi ila mashhur bo‘lgan bu zot haqida ko‘plab maqolalar va kitoblar yozil-gan. Biz esa, u kishining ulug‘ hayotlari bilan qisqacha tani-shib chiqamiz. Abu Haniyfa No‘‘mon ibn Sobit Kufa shahrida hijriy saksoninchi sanada tavallud topdilar.

U kishi ahli sunna va jamoa fiqh mazhab boshliqlari ichida eng avval tug‘ilganlaridir.

Yoshliklaridan tahsili ilm qildilar, bir vaqtning o‘zida kasb ham qilar edilar. Ipak sotar edilar. Talabi ilmni tugatishlari bilan dars va fatvo berishni boshladilar. U kishida ilm bilan birga taqvo, ibodat, zohidlik va Allohga yolborish kabi sifatlar ham mujassamlashgan edi.
U kishining shaxsiy faziylatlari haqida alohida ki-toblar yozilgan. Diyniy faoliyatda faqat ilmning o‘zi ki-foya qilmaydi. Balki ilm bilan birga taqvo va Alloh tao-loga doimiy bog‘liqlik bo‘lishi zarur. Bu narsalar imom Abu Haniyfada oliy darajada edi. U kishini ko‘mishdan avval yuvgan g‘assol Hasan ibn Amora yuvishni tamomlab bo‘lib, ka-fanlab qo‘yilgan jasadlariga qarab:
«Alloh sizni rahmat qilsin, mag‘firat aylasin. O’ttiz yildan beri ro‘zasiz yurmadiyngiz. Qirq yil kecha-si yonboshingiz ko‘rpa ko‘rmadi. Sizdan keyin kelganlar-ni charchatdiyngiz. Qorilarni sharmanda qildiyngiz», degan ekan.
Ma’lumki, o‘sha vaqtda hokimlar doimo taqvodor va o‘ziga ishonchi bor ulamolardan hadiksirab yurishardi. Ula-molarni nima qilib bo‘lsa ham tuzoqlariga ilintirish yoki yo‘q qilish payidan bo‘lardilar. Shunday holat imom Abu Haniyfa hayotlarida ham bo‘lgan. U kishining xalq o‘rtasidagi obro‘laridan qo‘rqqan Yazid ibn Umar ibn Hu-bayra Kufaga qozi qilmoqchi bo‘ldi. Abu Haniyfa bosh tor-tdilar. Shunda u kishini qamab qo‘yib, har kuni o‘n qamchidan urishga amr bo‘ldi. Ammo azob ham imom Abu Haniyfani o‘z fikrlaridan qaytara olmadi.
Xaliyfa Ja’far Mansur Bag‘dodni qurayotib, Abu Ha-niyfani Kufadan oldirib keldi. Imom Abu Haniyfa shaharni rejalash va qurishda qatnashdilar. Ammo xaliyfa qozilikni taklif qilganda, bosh tortdilar. Orada yana do‘q-po‘pisa, tortishishlar bo‘ldi.
Imom Abu Haniyfa hayotini o‘rgangan tarixchilarning aytishlaricha, u kishi xaliyfa Mansurning: «Agar qozi bo‘lmasang, Furot daryosiga oqizib yuboraman», degan do‘qlariga: «Daryoda oqishni afzal ko‘raman. Bilib qo‘y, men bu ishni eplay olmayman», deganlar.
Shunda xaliyfa Imomga: yolg‘on aytayapsan, degan. Imom Abu Haniyfa, darhol: sen yolg‘onchini qozi qilishga qandoq rozi bo‘layapsan, deganlar.
Hokimiyat saroyi bilan Imomi A’zam o‘rtalaridagi ke-lishmovchiliklar keyin ham davom etdi. Hokimiyatning yol-lab olgan olimlari xatoga yo‘l qo‘ysalar ayovsiz fosh qilar, u kishi shu bilan birga, oddiy kishilar, bechoralarni doimo himoya qilar edilar. Imomi A’zam hijriy 150-sanada va-fot etdilar.
Bu buyuk imomning asl ismlarini ko‘pchilik bilmaydi ham. Ammo hamma Imomi A’zam, ya’ni «ulug‘ imom», «katta imom» deb nomlaydi. Haqiyqatda ham u kishi bunga sazovor zotdirlar. «Zar qadrini zargar biladi» deganlaridek, u kishining qadrlarini ham ulamolar, imomlar biladilar.
Imomi A’zam haqida boshqa mazhab sohibi imom Sho-fe’iy: «Odamlar fiqhda Abu Haniyfaning boqimandala-ridir», deganlar.
Boshqa bir mazhab sohib imom Molikdan odamlar «Abu Haniyfani ko‘rganmisiz?» deb so‘rashganda, «Ha, agar ushbu ustunni tillo demoqchi bo‘lsa, hujjat topa oladigan odamligini ko‘rdim», deb javob bergan ekan-lar.
Mashhur imom Abdulloh ibn Muborak:
«Fiqhda eng kuchli odam Abu Haniyfadir. Unga o‘xsha-shini ko‘rmadim», deganlar.
Ulkan ilm sohibi bo‘lmish imom Abu Haniyfa o‘z mazhablarini bino qilishda Qur’oni Karim, sunnati naba-viya, ijmo’, qiyos, sahobalarning qavllariga suyanadilar. Hukmlarni chiqarishda qiyos va istehsonga boshqalardan ko‘ra ko‘proq murojaat qildilar.
Ulamolar bu haqda u kishining o‘z so‘zlarini iqtibos qilib keltiradilar: «Men, avvalo, hukmni Allohning kito-bidan olaman, undan topmasam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan olaman. Agar ham Al-lohning kitobida, ham Rasululloh sollallohu alayhi va-sallamning sunnatlarida topa olmasam, sahobalarning ga-pidan boshqanikini olmayman. Gap Ibrohim, Sha’biy, Ibn Siyriyn va Ibn Musayyabga yetganda, o‘zim ularga o‘xshab ij-tihod qilaman», deganlar.
«Mevali daraxtga tosh otadilar» deganlaridek, islo-miy fiqhning dushmanlari, uning eng ko‘zga ko‘ringan arbobi imom Abu Haniyfani nishonga olganlar. U kishini ayblash orqali fiqh ilmiga futur yetkazishga harakat qilganlar. Ba’zi vaqtlarda, bilmasdan, hatto tarafdorlar ham shunga o‘xshash nomaqbul narsalarni aytib yurganlar.
Imomi A’zamga qilingan ta’nalardan kattasi u kishini «hadis ilmida qoloq» deb ayblashdir. Dushmanlar: Abu Haniyfa o‘n yettita hadis rivoyat qilgan, xolos, deyishadi. Bu botil gap bo‘lib, u kishi yolg‘iz o‘zlari rivoyat qilgan hadislarning soni ikki yuz o‘n beshta, boshqalar bilan she-riklikda rivoyat qilgan hadislari esa, juda ham ko‘p. U ki-shining «Musnad» nomli kitobidagi namoz bobining o‘zida bir yuz sakkizta hadis keltirilgan.
Abul Muayyad Muhammad ibn Mahmud Xorazmiy Abu Ha-niyfaning musnadlarini jam’ qilib, bir kitob shakliga keltirgan. Bu kitob hijriy 1326-sanada Misrda chop etil-di. Hajmi katta bo‘lib, 800 sahifacha keladi.
Ba’zilar: Abu Haniyfa qiyosni zaif hadisdan ustun qo‘yadi, deyishgan. Lekin, aslini olganda, unday emas ekan. Ulamolar bu masalani ham o‘rganib chiqishgan va Imomi A’zam zaif hadisni qiyosdan ustun qo‘yadi, degan xulosaga kelganlar. Bunga misollar ham keltirganlar: «Namozda qahqaha bilan kulsa toharat ketishi haqidagi hadis zaif bo‘lsa ham, Abu Haniyfa uni qiyosdan ustun qo‘yib qabul qilganlar».
Imom Abu Haniyfaning o‘zlari bu haqda: «Allohga qa-samki kim bizni qiyosni nassdan (ya’ni: hadisdan) ustun qo‘yadi desa, yolg‘on aytibdi va bizga tuhmat qilibdi. Nass bo‘lgandan keyin qiyosga hojat qolar edimi?!» deydilar.
Imom A’zam o‘z mazhablarida doimo musulmonlarga yengillik bo‘lishining tarafdori sifatida ijtihod qilganlar.
Kezi kelganda yana bir mulohazani aytib o‘tmoqchiman. Hamma, hatto Abu Haniyfa rahmatullohi alayhining mux-lislari ham u kishini ra’y, ya’ni fikriy fiqhning asoschi-si deyishadi va hadisni ko‘p ishlatgan imomlarga muqobil qo‘yishadi. Xuddi boshqa imomlar hadisdan hukm chiqarishgan-u, Imomi A’zam esa fikrlaridan chiqarganga o‘xshab qoladi. Menimcha bu xato fikr. Bunga Imomi A’zam yashagan sharoit va boshqa omillar sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak.
Misol uchun, imom Molik umuman boshqa sharoitda yashab, ijod qilganlar. U kishi Madiynai Munavvarada, hadis il-mining markazida yashaganlar. Shuning uchunmi, har bir fiqhiy masala aytganlarida, unga qo‘shib hadisdan uning dalilini ham aytganlar.
Imom Molikning «Muvatto’’» kitoblarida hadis va rivoyatlar fiqhiy boblar asosida jamlangan.
Imomi A’zam o‘zlari ajam bo‘lganlar, asosan arabmas xalqlar bilan yashaganlar, ehtimol yana boshqa omillar bo‘lgandirki, u kishi fiqhiy hukmni aytib, o‘z so‘zlari bi-lan ifoda qilganlar-u, ortidan unga dalil bo‘lgan hadisni zikr qilmaganlar.
Hanafiy mazhabiga oid fiqhiy kitoblarni mutolaa qilgan har bir kishi buni darhol tushunib yetadi. Ammo Ali Qorining «Muxtasari Viqoya» kitobiga yozgan sharhini o‘qigan odam Hanafiy mazhabida aytilgan har bir gapning oyat va hadisdan dalili bor ekaniga ishonch hosil qiladi.
Hozirgi kunimizda pokistonlik ulamolardan alloma Zafar Ahmad Usmoniy o‘zlarining ustozlari ulug‘ olim sa-mohatli shayh Ashraf Ali Tahonaviyning ko‘rsatmalari ila «E’lous-Sunan» nomli yigirma bir jildli kitobni yigir-ma yil davomida yozib tugatdilar. Bu kitob ulkan mehnat samarasi o‘laroq hanafiy mazhabidagi fiqhiy masalalar hadislar asosida yechilganini isbot qilibgina qolmay, hadisdan foydalanishda boshqa mazhablardan ustun ekani-ni ham isbot qildi. Abu Haniyfa rahmatullohi alayhiga til tekkizayotganlar avvalo mazkur ikki kitobni o‘qib, so‘ngra gap boshlasalar, yaxshi bo‘ladi.
Alloh taolo o‘tgan ulamolarimizning barchasini, jum-ladan, Imomi A’zamni rahmat aylasin. Qolganlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlab, o‘zi adashtirmasin.

 

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

 

Qo‘shimcha malumot

ISLOM TINCHLIK VA HAMJIHATLIK DINI (1-qism)
Islom o‘z mohiyatiga ko‘ra tinchlik dinidir. U insonlarni tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safrlashga, turli fitna va o‘zaro...
Tinchlik va osoyishtalik – oliy ne’mat!
Ma’lumki, tinchlik va xotirjamlik Alloh taoloning eng katta ne’matlaridan biridir. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz alayhissalom hadislarining birida tinchlik-xotirjamlik eng ulug‘...
Mazhabsizlik – musulmonlar birligiga ulkan tahdid
XX asr so‘nggida musulmon olamida islom niqobi ostidagi aqidaparastlik guruhlaridan tashqari yana bir tahdidning yangi qatlami namoyon bo‘ldi. U ham...

Izoh qoldirish

Izohlar

19.05.2023 22:25
Cqxxxxvxxxxwxxxxxxvvxvcxvawxvvvxacwccwvxxxxxvxvxvxxxvvxxxxzvxxxvxvxxvcwvce
Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry