27.03.2023
121

50 YILLIK TAJRIBA: MAZHABSIZLIK DINSIZLIK DARVOZASIDIR!

Hindistonda ilk bor bemazhablik va vahhobiylik bayrog‘ini ko‘targan olimlardan biri Abu Sa’id Muhammad Husayn Batolaviy (1256-1338 h./1840-1920 m.) hisoblanadi. U XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi o‘sha davrning ahli hadislari jamoatining yetakchilaridan hisoblangan. Uning “Sahihi Buxoriy”ga yozgan “Minah al-Boriy” nomli sharhi, “Mishkot al-masobeh”ga bitgan ta’liqot – ilmiy izohlari va boshqa ko‘pgina asarlari mavjud. U o‘z davrida juda mashhur bo‘lgan “Isho’at as-sunna” (“Sunnatni yoyish”) nomli majallasi zamonaviy salafiylikning ibtidoiy harakatlaridan bo‘lib, bemazhablikning yoyilishiga katta hissa qo‘shgan majallalardan sanaladi.

Garchi mazkur majalla o‘z davrida vahhobiylik va zamonaviy salafiylik targ‘ibotchisi bo‘lsa-da, unda qodiyoniylarga va qur’oniylar kabi yangi chiqqan firqalarga raddiyalar ham uchrab turgan. 1908 yillargacha chop qilingan “Isho’at as-sunnat”ning oxirgi sonlaridan birida bunday haqiqat oshkor qilingan edi:

“ELLIK YILLIK TAJRIBADAN MA’LUM BO‘LDIKI,

BEMAZHABLIK DINSIZLIKNING DARVOZASI EKAN!”

Bu haqiqat umr bo‘yi mazhablarni yoqtirmasdan, ularga ta’na qilib kelgan, mazhablarga ergashish va “taqlid”ni harom sanab kelgan Muhammad Husayn Batolaviyning hayotiy tajribasi natijasida chiqargan insofona e’tirofi edi. Ha, bu bemazhablik targ‘ibotchisi bo‘lib kelgan “Isho’at as-sunna”ning haq eh’tirofi edi.

Ha, haqiqat shuki, bekorga ulamolar: “Mazhabsizlik dinsizlik ustiga qurilgan ko‘prikdir”, “Mazhabsizlik dinsizlikka olib boruvchi xatarli bid’at”, deb aytishmagan ekan. Bemazhab bo‘lishdan saqlaning!

Mazhablar ichra hanafiylik – Payg‘ambarimiz alayhissalom davriga eng yaqin, oyat va hadislarni eng mantiqiy tushunib, hayotga tatbiq qila olgan mazhab hisoblanadi.

 

Qo‘shimcha malumot

ISLOM TINCHLIK VA HAMJIHATLIK DINI (1-qism)
Islom o‘z mohiyatiga ko‘ra tinchlik dinidir. U insonlarni tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safrlashga, turli fitna va o‘zaro...
Tinchlik va osoyishtalik – oliy ne’mat!
Ma’lumki, tinchlik va xotirjamlik Alloh taoloning eng katta ne’matlaridan biridir. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz alayhissalom hadislarining birida tinchlik-xotirjamlik eng ulug‘...
Mazhabsizlik – musulmonlar birligiga ulkan tahdid
XX asr so‘nggida musulmon olamida islom niqobi ostidagi aqidaparastlik guruhlaridan tashqari yana bir tahdidning yangi qatlami namoyon bo‘ldi. U ham...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry