08.07.2021
255

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida Ankara universiteti ilohiyot fakulteti dotsenti doktor, Engin Erdem ishtirokida “Yaxshilik va abadiylik: Moturidiy va Dabusiy qarashlarida o’lim va hayot tushunchasi”

 mavzuida malaka oshirish dasturi doirasida bo‘lib o‘tgan onlayn seminar to‘g‘risida tadbir o’tkazildi

Joriy yilning 07 iyul kuni islom olamida mo‘tadil ta’limotni keng targ‘ib qilish maqsadida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan onlayn stajirovka dasturi doirasida onlayn-ilmiy seminar o‘tkazildi.

Seminarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari bilan bir qatorda, sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borayotgan mahalliy va xorijiy tadqiqotchi olimlar va mutaxassislar ishtirok etdilar.

Onlayn stajirovka dasturi doirasida o‘tkazilgan mazkur seminarda Ankara universiteti ilohiyot fakulteti dotsenti doktor, Engin Erdem ishtirokida “Yaxshilik va abadiylik: Moturidiy va Dabusiy qarashlarida o’lim va hayot tushunchasi”  mavzusida ma’ruza qildi. 

Engin Erdem oʻz maʼruzasida ikki buyuk hanafiy olim Imom Moturidiy va Abu Zayd Dabusiylarning diniy nuqtai nazardan hayot va oʻlim haqidagi qarashlari borasida soʻz bordi. Birinchi navbatda Moturidiy va Dabusiyning dalilga asoslangan diniy qarashlarining umumiy mazmuniga toʻxtaldi.

Imom Moturidiy oʻz ijodida bugungi kun taʼbiri bilan aytganda din falsafasining oʻziga xos va tizimli namunasini taqdim qilgan. U tamomiy metafizik tushunchani ilgari surgan. Moturidiy metafizikasi quyidagi ikki tamal prinsipga asoslanadi: Tangri hokim borliqdir. Biror feʼlda abas mavjud emas. Shunga koʻra, bir narsani buzish uchun yaratish abas, yaʼni maʼnisizdir. Tangri insonni yoʻq boʻlish uchun yaratmagan. Moturidiyga koʻra, agar inson hayotga boʻlgan muhabbati sababidan goʻzal amallar qilsa va oʻlimdan qoʻrqish tuygʻusi bilan yomon ishlardan chetlansa, oʻz saʼy-harakatlari bilan hayotini boqiylashtirib, abadiy jahannamdan xalos boʻladi deya taʼkidladi.

Abu Zayd Dabusiyning bu boradagi qarashlari ham Moturidiynikiga oʻxshash. Uning fikricha, Tangri insonni sinash uchun uning tabiatiga bir tarafdan ruh va aqlni, ikkinchi tarafdan nafs va havoni joylashtirgan. Nafs va havo insonni jaholat bilan oʻtkinchi narsalarga chaqirsa, ruh va aql bilim vositasida uni abadiy narsalarga chorlaydi. Dabusiy nuqtai nazaridan insonning foniylikdan abadiylikka erishishi uning aqlini ishlatishiga bogʻliqdir deb aytdi.

Seminar qatnashchilari aqidaviy muammolarni hal etishda bu yo‘nalishdagi ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish taklifini bildirdilar. 

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi 

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry