06.08.2023
323

Koʻz optikasi. Al-Haysam (Alxazen) kashfiyotlari.

FOTOAPPARATNI KIM IXTIRO QILGAN?

Dunyo tarixida kim birinchi boʻlib fotoapparat nusxasini ixtiro qilgan va ushbu moslamani ishlash uslubini tushuntirib bergan.

Fotoapparatni Iogann Zan ixtiro qilgan deb xisoblansada, aslida bu ixtiro koʻplab shaxslar va xususiy kompaniyalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning natijasidir. Xususan, Jozef Nicefort Nepc, Lui Dager, Alfons Jiru va Jorj Istman takomillashtirilgan fotoapparatlarning yaratilishiga katta hissa qoʻshganlar.

Koʻz optikasi. Al-Haysam (Alxazen) kashfiyotlari.

Fotoapparatni tarixi XI asrda arab olimi Ibn al-Haysam qorongʻi xonadagi kichik tuynukdan oʻtgan yorugʻlik ustida oʻtkazgan turli tajribalarni tasvirlab bergan paytdan boshlanadi.

Miya haqidagi ilmiy yutuqlarga koʻz funksiyasi sohasidagi kashfiyotlar tufayli erishilgan. Ushbu kashfiyot arab olimi Ibn al-Haysamga tegishli boʻlib, u uy qamogʻida boʻlgan vaqtda yorugʻlik nuri toʻgʻrisida mulohaza yuritgan, tajriba va tadqiqotlar oʻtkazgan.

“Koʻrganingga ishon” tushunchasi aynan al-Haysamga tegishlidir. Oʻrta asrlarda Evropada Alxazen nomi bilan tanilgan matematik, astronom va muhandis al-Haysam asli Iroqning Basra shahridan boʻlgan.

Ibn al-Haysam optik va vizual koʻrish prinsipiga katta hissa qoʻshganligi uchun uni koʻpincha “zamonaviy optikaning otasi” deb atashadi.

U Misr poytaxti Qohirada yashagan Fotimidlar xalifasiga Misr uchun hayotiy manba boʻlgan Nil daryosini toʻliq nazorat ostiga olish uchun Asuana mintaqasida toʻgʻon qurish rejasini taklif qilgan.

Ammo, reja mukammal ishlab chiqilmaganligi sababli amalga oshirishni imkoni boʻlmagan. 1011-yilda Ibn al-Haysam Qohiraga chaqirildi. U Qohiraga kelib Nil singari qudratli daryoni toʻsib qoʻyishni amalga oshirish uchun uning muhandislik bilimi kamligini tushundi. Vaziyatdan chiqish va xalifaning gʻazabiga duchor boʻlmaslik uchun Ibn al-Haysam oʻzini aqldan ozgan odamdek koʻrsatishga qaror qildi. Xalifa uni uy qamogʻiga oldi. Olim oʻn yillik uy qamogʻi jazosiga mahkum etildi.

Optika haqida kitob.

Misrda uy qamogʻida boʻlganida Ibn al-Haysam ilmiy ish va tadqiqotlar olib bordi. Uning tadqiqotlari natijasi Kitab al-Manazir (“Optika haqida”) kitobida toʻliq bayon etilgan.

Ibn al-Haysam ushbu kitobda yorugʻlik nurlari faqat toʻgʻri chiziqli boʻlishini isbotlash uchun ilmiy tajribalarni qanday olib borganligi haqida hikoya qiladi. U truba orqali uzoqda yonib shamdan tushayotgan yorugʻlikni kuzatgan.

Shu tariqa yorugʻlik nuri bizning koʻzimizga faqat toʻgʻri chiziq boʻylab tushishi toʻgʻrisida birinchi dalillar qoʻlga kiritildi.

Uning tadqiqotlari, koʻrish haqidagi ilgari mavjud boʻlgan nazariyani rad etib, koʻz obyektlar yoki narsalarga hech qanday nur yubormasligini isbotlab berdi.

Aksincha, obyektlar yorugʻlik nurlarini turli yoʻnalishlarda aks ettiradi. Yorugʻlik harakati yoʻllari esa oddiy geometrik qonunlarga boʻysunadi va inson koʻziga ushbu oqimning ozgina qismi tushadi.

Ibn al-Haysamning xulosasiga koʻra, koʻz oʻzini xuddi devorning kichik teshigidan tushadigan nur, yaʼni “qorongʻi xona” tushunchasi kabi tutadi. Ushbu yorugʻlik nurlari obyektning teskari tasvirini xonaning devoriga tushiradi.

Ushbu tasvir koʻz qorachigʻiga yorugʻlik boʻlib tushib, obyektning teskari tasviri insonning koʻzida takrorlanadi. Ibn al-Haysamning u xulosasi fanning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi.

ILMIY USLUB

Ibn al-Haysam tarixda birinchi boʻlib oʻz gʻoyalarini sinab koʻrish uchun chinakam ilmiy tajribalarni amalga oshirgan olim boʻlgan. Bundan tashqari, u oʻzining tadqiqotlari va tajribalarini aniq hisoblab chiqish uchun matematiklarni jalb qilgan.

Ilmiy izlanishlarni olib borishning bunday uslubining odatiy amaliyotga aylanishi uchun 600-yildan koʻproq vaqt kerak boʻldi.

Qo‘shimcha malumot

MIRZO ULUG'BEK
(1394-1449)Ulug‘bek 1394 yil 22 martda Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida A. Temurning harbiy yurishlari paytida tug‘ilgan. To‘rt yoshidan boshlab uning tarbiyasi...
ABU ALI IBN SINO
(980-1037)Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona,...
ABU RAYHON BERUNIY
(973-1048)Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni ona shahrida olgan, mashhur olim Abu Nasr...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry