19.01.2023
277

ABU ALI IBN SINO

 (980-1037)


Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona, hozirgi Isfana qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘tkir zehni va ilmga qiziqiishi bilan hammani lol qoldirardi. Ibn Sino An-Notiliy qo‘lida tarbiya oladi. U astronomiya, falsafa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, mantiq, adabiyot, mineralogiya va boshqa fanlar bilan shug‘ullangan. 10 yoshida Qur’onni yod olgan, 16 yoshdayoq atoqli tabib bo‘lgan. U Buxoro amiri Nuh ibi Mansurni davolab, saroyning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan. 

Ibn Sino 1002 yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo‘ladi. U 1037 yilda (hijriy 428) 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi. Mutafakkirning turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma’lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o‘ndan ortig‘ya astronomiyaga oid asarlardir va hok. Ibn Sino Sharqda «Shayxur-Rais», G’arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur. «Yusuf qissasi» Qur’on syujeti asosida yozilgan birinchi asar bo‘lib, ramziy-majoziy usuldadir. «Rasolat - at tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik» («Hayy ibn Yaqzon») kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda, «Salomon yea Ibsol» esa ishqiy-sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g‘azal, ruboiy, fardlar yaratgan. Uning she’rlarida ilm-ma’rifatga da’vat, dunyo sirlarini bilishga intilish, yaxshi axloqiy xislatlarni egallashga chorlov asosiy o‘rin tutadi. She’riyatning nazariy masalalari uning «Musiqa ilmida katta to‘plam» asarida ham tadqiq etilgan. «She’r obrazli so‘zlardan iborat bo‘lib, ritmli, bir-biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralari bir-biriga teng, vaznlari takrorlangan, oxirgi tovushlar bir-biriga o‘xshash bo‘lib kelgan satrlarga aytiladi», - deydi Ibn Sino. U tibbiy yo‘l-yuriqlarni, ko‘rsatmalarni she’riy yo‘l bilan bayon etgan. Bular urjuzalar deb atalgan. Bung‘a sabab ularning rajaz vaznida yozilganidir.
Asarlari: «Kitob ash-shifo», «Donishnoma», «Kitob al-qonun fi-t-tib» («Tib qonunlari kitobi», 5 kitob, 14 jilddan iborat bo‘lgan), «Salomop va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Risolat at-tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik», «Tibbiy urjuza», «Faan ash-she’r» («She’r san’ati», she’r. ilmi, yunon she’riyatining tur va shakllari haqida), «Musiqa ilmida katta to‘plam» va boshq.

Qo‘shimcha malumot

Koʻz optikasi. Al-Haysam (Alxazen) kashfiyotlari.
FOTOAPPARATNI KIM IXTIRO QILGAN?Dunyo tarixida kim birinchi boʻlib fotoapparat nusxasini ixtiro qilgan va ushbu moslamani ishlash uslubini tushuntirib bergan.Fotoapparatni Iogann...
MIRZO ULUG'BEK
(1394-1449)Ulug‘bek 1394 yil 22 martda Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida A. Temurning harbiy yurishlari paytida tug‘ilgan. To‘rt yoshidan boshlab uning tarbiyasi...
ABU RAYHON BERUNIY
(973-1048)Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni ona shahrida olgan, mashhur olim Abu Nasr...

Izoh qoldirish

Izohlar

11.02.2024 23:45
Iltimos taxallusi VA nimaga bunday qo'yganligi haqida ayting
Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry