19.01.2023
640

ABU RAYHON BERUNIY

 (973-1048)

Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni ona shahrida olgan, mashhur olim Abu Nasr ibn Ali Iroqdan ilmi nujum, riyozat kabi fanlardan dars oladi. U 17 yoshida ilk astronomik kuzatishlarni o‘tkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi. Buyuk bobokalonimiz 1048 yil 13 dekabrda G’aznada vafot etgan. «Berun» yoki «Birun» so‘zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi. Ma'lumotlarda  yozilishicha  uning 152  ta  kitobining  nomi  ma'lum.  Bizgacha  ulardan  27  tasigina  yetib  kelgan.  Uning  bir  qancha  kitobi  tabiiyot  ilmiga  bag'ishlangan. Bu  sohaning  rivojlanishida  Beruniyning  tabiiyot  va  tabiat  hodisalarini  o'rgansh usullari,  harakat, tovush, issiqlik,yorug'lik, elektr, magnetizm, atmosferadagi  hodisalar,modda  tuzilishi  haqidagi  ijodiy  ishlari  katta  ahamiyat
ga  ega  bo'ladi. Beruniyning  o'sha  davrda  yaratgan  kashfiyotlaridan  biri- globus ixtiro etganligidir. U  Quyosh atrofida  sayyoralar  aylanishini,  Yer  esa  ana  shu  sayyoralardan  biri  ekanligini  aytadi. Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (taqvim va yil hisobi, shuningdek, sug‘diylar, qadimgi xorazmliklar, forslar, yunonlar, yaxudiylar, xristianlar va musulmonlarning bayramlari, urf-odatlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi asar), «Geodeziya», «Quyosh harakatini aniqlash yo‘li», «Mineralogiya», «Saydana», «Hindiston» va boshq.

Qo‘shimcha malumot

Koʻz optikasi. Al-Haysam (Alxazen) kashfiyotlari.
FOTOAPPARATNI KIM IXTIRO QILGAN?Dunyo tarixida kim birinchi boʻlib fotoapparat nusxasini ixtiro qilgan va ushbu moslamani ishlash uslubini tushuntirib bergan.Fotoapparatni Iogann...
MIRZO ULUG'BEK
(1394-1449)Ulug‘bek 1394 yil 22 martda Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida A. Temurning harbiy yurishlari paytida tug‘ilgan. To‘rt yoshidan boshlab uning tarbiyasi...
ABU ALI IBN SINO
(980-1037)Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona,...

Izoh qoldirish

Izohlar

31.05.2023 17:58
Malumotlarni anniq va to'liq qilib yoritishingizni sorayman
Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry