27.02.2023
192

Akademiyada “Xalqaro hamkorlik haftaligi” boshlandi

tgan qisqa davrda O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Zero, Birlashgan Millatlar Tashkilotining dunyo mamlakatlarining barqaror taraqqiyotini taʼminlash yoʻlidagi saʼy-harakatlarini birlashtirishni maqsad qilgan universal xalqaro tuzilma sifatidagi roli va masʼuliyati ortib bormoqda. 

BMTning teng huquqli va toʻlaqonli aʼzosi sifatida Oʻzbekiston 1992-yil 2-martdan buyon tenglik, hamkorlik, koʻptomonlamalik va xalqaro huquq prinsiplariga amal qilishini namoyish etayotir. Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzoligining 31 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro hamkorlik haftaligi” boshlandi. 

Mazkur haftalikdan ko‘zlangan maqsad 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida “xalqaro tuzilmalar bilan amaliy muloqotni rivojlantirish, oʻzaro manfaatli hamkorlik va amaliy sheriklikni kengaytirish” boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirilishiga koʻmaklashish, BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari, jumladan, UNESCO, UNICEFning vakolatxonalari bilan hamda Oʻzbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiyasi markazi bilan ijtimoiy-madaniy sohalar boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Bugun bo‘lib o‘tgan haftalikning ochilish marosimida BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.b. Sara Noshadi, BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi axborot markazi rahbari Anvar Meliboyev, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev, Akademiya prorektorlari – Zohidjon Islomov, Ilyos Mirziyotov, Zokirjon Roʻziyev, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. 

“BMTning Oʻzbekistondagi loyihalari va barqaror taraqqiyot maqsadlari” mavzusiga bagʻishlangan tadbirda Sara Noshadi so‘zga chiqib, BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi faoliyati, Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganini qayd etdi.

BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari – UNESCO, UNICEF tomonidan barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekistondagi faoliyati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining talabalarini tanishtirish, BMT taraqqiyot dasturi, UNESCO va UNICEF bilan ijtimoiy-madaniy, ilmiy va taʼlim yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun asoslarni yaratish kabi masalalar haqida soʻz bordi.

Darhaqiqat, Oʻzbekistonning BMT bilan hamkorligi soʻnggi besh yilda mutlaqo yangi darajaga koʻtarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida, 2020-yil 25-sentabrda videokonferensiya shaklida tashkil etilgan 75-yubiley sessiyasida, shuningdek, 2021-yilda BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasida onlayn formatda va Bosh Assambleyaning 76-sessiyasida maʼruza qildi. Ularda Oʻzbekistonning xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, taʼlim, maʼnaviyat, ekologiya, turizmni yanada rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilish va boshqa sohalarga taalluqli tashabbuslar bilan chiqdi.

Uchrashuv davomida talabalar BMT va uning faoliyati, turli loyihalari, O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Haftalik davom etmoqda.
 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry