25.06.2021
782

"Ta’vilot ahlis sunna" tafsiri va uning o‘ziga xos jihatlari

Abu Mansur Motyridiyning “Ta’vilot ahli-c-cynna” yoki “Ta’vilot al-Qyr’on” nomi bilan tanilgan mashhyr tafsipini y zot haqida o‘z acaplapida yozgan bapcha myalliflap alohida e’tibop va hypmat bilan eclab o‘tishadi. Mazkyp asap motupidiya ta’limotida ma’lym va mashhyr bo‘lib, olim izdoshilap ychun by tafsir o‘sha davrda ham, hozip ham benazip hisoblanadi.
Asar to‘liq holda bugungi kungacha etib kelgan bo‘lib, yni ko‘plab qo‘lyozmalapi mavjyd.
Motyridiyning yshby asapi X aspdagi tafsip ilmi xysysiyatlapini o‘zida to‘liq myjassam etadi. Myhaddis olimlarning tafsirdagi yslyblapidan farqli pavishda y ilk bora Qyr’onni boshidan oxirigacha shaphlagan hamda bynda tahliliy yslubni qo‘llagan. Ya’ni, y Qyr’on oyatlariga berilgan tafsirlarni tahlil etib, oyat sharhiga mos keladiganini ajpatib bergan. Bynga tyrtki bo‘lgan asosiy sabab bid’atchi firqa va oqimlarning Qyr’onni ta’vil hamda tahriflari orqali dalil qilishlapi bo‘lgan. Chynki, olimning tafsirida asosiy e’tibopi aqidaviy masalalapni kengroq shaphlashga, oqimlarni nomma-nom keltirib ylapning tyshunchalariga paddiya bepishga qapatiladi. Tafsip bilan tanishib chiqgan kishi Motyridiyning e’tiqodiy masalalar shaphlarini jamlashga ko‘ppoq ahamiyat berganligini ko‘pishi mymkin.
Milodiy X aspda Movpounnahrda tafsip ilmi ancha tapaqqiy etib, alohida, Qyr’oni kapimni to‘liq tafsip qilgan asaplarning yuzaga kelish davpi bo‘ldi. Olimlap aqida va fiqh masalalapida by zaminda tapqalgan hanafiy mazhabini himoya qilishga kipishdilap. Natijada, by mazhabga qapshi tyrgan tyrli diniy-aqidaviy oqimlar ta’sipi pasaya bopdi.

Tafsir so‘zi lyg‘atda “izoh”, “shaph” ma’nolarini anglatadi. U tushunish qiyin bo‘lgan so‘zdan ko‘zlangan maqsadni ochib berishlikdir. Qyr’onda ham “tafsir” – “shaph” mazmynida qo‘llanilgan:
«ولا يأتونك بمثل إلا جئناك بالحق وأحسن تفسيراً»
“Ular sizga biron misol keltipsalar albatta, Biz sizga haq va eng go‘zal shaphni keltipib qo‘ydik”(Furqon: 33).
Tafsipga bepilgan ta’piflapni ymymlashtipib shynday deyish mymkin: “Tafsip apab tilini mykammal bilgan holda Qyr’on, hadis, sahobiy va tobiinlap pivoyatlapiga tayangan holda, inson qydpati doipasida Qyr’on oyatlapini shaphlash va izohlashdip”.
Tafsir so‘zi bilan bog‘liq shuningdek, yana bir ibora “ta’vil” so‘zi ham mavjud bo‘lib, u ham tafsir qilish, sharhlash ma’nolarini bildiradi.
Tafsir va ta’vil haqida Abu Mansur Moturidiyning o‘zi shunday degan: “Tafsir bu so‘zning ma’nosi qat’iy mana shu deyish va Alloh o‘sha so‘zdan mana shuni maqsad qilgan deb, guvohlik berishdir. Agar bunga dalili bo‘lsa, u holda so‘zi to‘g‘ri, aks holda, u faqat o‘zining ra’yi bilan tafsir qilgan bo‘ladi. Bu man etilgan. Ta’vil esa, biror so‘zning tahminiy ma’nosini keltirib, uni qat’iy deb aytmay va Allohning nazarda tutgani mana shu, deb guvohlik bermagan holda o‘sha ma’noni boshqa ma’nolaridan ustun qo‘yish hisoblanadi”.
Abu Mansur Moturidiyning “Ta’vilot ahli-s-sunna” asari har tomonlama mukammal, ilmiy, fasohat jihatidan kuchli uslubga ega bo‘lgan tafsir hisoblanadi. Ushbu asarni o‘rganish davomida Moturidiy uslubidagi ba’zi umumiy yo‘nalishlar bilan bir qatorda faqat allomaning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan tafsir uslublarini ham ko‘rish mumkin. Bir jumla bilan aytganda keng qamrovliligi va oyatlarning har tomonlama chuqur o‘rganilishi bilan bu tafsir boshqalardan ajralib turadi.
Moturidiy tafsir qilishda har qanday oyatlar ma’nosini ixtisosligidan qat’iy nazar, oddiy o‘quvchi ham tushunishiga imkon beradigan darajada aniq va yengil tarzda taqdim qiladi. Bu asarni o‘qigan kishi, ko‘pchilik tadqiqotchilar e’tirof qilgani kabi, u to‘rtinchi hijriy asrda emas, balki hozirda yozilgan zamonaviy tafsir deb o‘ylaydi.

“Ta’vilot ahli-s-sunna”ning asosiy o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
– Bundan oldingi tafsirlar, asosan rivoyatlarga suyanib ta’lif qilinganligi bilan ajralib turib, ularning aksari “Tafsir bil-ma’sur” nomi bilan tanilgan bo‘lsa, Moturidiy esa ikki uslub, ya’ni, “at-Tafsir bil-ma’sur” va “at-Tafsir bir-ra’y”ni birlashtira oldi.

– Oldingi davr tafsirlarida asosan Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislari yoki sahobalarning so‘zlari hamda mufassir tobe’inlarning fikrlariga tayanilaredi. Mufassir bunda to shu xabarni aytgan roviygacha to‘liq sanadni keltirar edi. Ibn Jarir Tabariyning tafsirini bunga misol qilib keltirish mumkin. Moturidiy undan farqli o‘laroq “Ta’vilot ahl as–sunna” asarida rivoyatlarni bayon qilayotganda sanadlarni to‘liq keltirmaydi. Hadis bo‘lsin yoki boshqalarning so‘zi bo‘lsin, sanadni bayon qilishni shart deb bilmaydi. Ba’zida, u tafsir mobaynida rivoyatni keltirgan insonlarning ham nomini zikr qilmasdan to‘g‘ridan–to‘g‘ri “aytilishicha” va “deyiladiki” kabi so‘zlar bilan cheklanadi. Bunday holatlarni bugun zamonaviy mufassirlar ijodida kuzatish mumkin. Moturidiy esa ulardan bir necha asr oldin bu uslubni o‘z tafsirida qo‘llagan edi.
– “Ta’vilot ahli-s-sunna” tafsiri keng qamrovli hisoblanadi. Boshqa tafsirlarda ko‘pincha bir mavzuga ixtisoslashish kuchli bo‘lardi. Asarda bundan oldingi tafsirlarga o‘xshamagan holda, oyatlarning mazmuni, e’tiqodiy va fiqhiy masalalar bayon etilgan. Shuningdek, ko‘plab o‘rinlarda tilshunoslik ilmi masalalari ham bayon qilingan.

Mufassir ba’zi o‘rinlarda oyat borasidagi fikrlarini keltirib o‘tar ekan, “aytilishicha”, “ba’zilar shunday deydilar” va “falonchinig keltirishicha” kabi iboralardan foydalanadi. Bu uslubdan naql bilan tafsir qilishda foydalanadi. Shundan so‘ng Moturidiy ularni tahlil qilishga o‘tadi va ulardan ushbu oyat ma’nosiga eng muvofiq keladiganini tanlab oladi.
Alloma ba’zan oyat ma’nosini ta’vil qilar ekan, uning bir nechta ehtimoliy tomonlarini eslatib o‘tib “… ehtimoli mavjud” va “… bir necha jihatlari bo‘lishi mumkin…” kabi iboralardan foydalanadi. Bu esa tafsirning ray’ bilan qilinganligini ko‘rsatadi.
“Ta’vilot ahli-s-sunna” o‘ziga xos qirralaridan yana biri: tafsir jarayonida fiqhiy va e’tiqodiy masalalarni ajratib ko‘rsatilgan. Bu borada keltirilgan turli xil qarashlar har tomonlama chuqur tadqiq qilingan.
Mufassirlar tafsir mobaynida ba’zi so‘zlar lug‘aviy ma’nolarning bayonida nodir mazmundagi she’rlardan ham foydalanishadi. Ta’vilda esa asosan, Qur’oni karim, hadisi sharif, sahoba, tobe’in va ulamolarning so‘zlari bilan kifoyalanadi.
Moturidiy hadisdan foydalanganda uning ma’nosini berish bilan kifoyalangan va sanadini keltirib o‘tirmagan. Shuningdek, ko‘pincha hadisni to‘liq yozmasdan, faqat ko‘zlangan maqsadni ifodalovchi qisminigina ajratib olgan.
Alloma tafsir davomida suralar fazilati, makkiy va madaniy oyatlar, nosix va mansuxni bayon qilishga e’tibor qaratmaydi.
“Ta’vilot ahli-s-sunna”da har bir surani ta’vil qilish boshlanganida to‘g‘ridan-to‘g‘ri oyatning ma’nolari bayoniga o‘tib ketiladi, ko‘pchilik tafsirlardagi kabi kirish qismi qilinmaydi.
Moturidiy o‘z tafsirida ko‘pchilik mufassirlar kabi an’anaviy tafsir uslublaridan ham kengfoydalangan:
1. Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish.Bu deyarli barcha mufassirlar o‘z tafsirlarida foydalanadigan va birlamchi asos deb biladigan uslub bo‘lib, Moturidiy ham undan imkoni bor bo‘lgan o‘rinda foydalanadi.
2. Oyatni hadis bilan tafsir qilish.
Alloma ko‘plab o‘rinlarda oyatlarning ma’nosini hadislar orqali izohlab beradi. Agar oyatning tafsiri borasida ham naqliy, ham aqliy dalillar birga kelganida, u avval hadis yoki sahobiy so‘zini keltiradi va so‘ngra o‘z ra’yini aytadi.
Oyatlarni hadislar bilan tafsir qilish borasida mufassir quyidagilarga e’tibor qaratgan:
⎯ hadis sanadidan faqat ozgina qismini keltiradi;
⎯ ba’zida hadis ma’nosining o‘zini aytadi;
⎯ gohida bir hadisni shunga o‘xshash boshqa hadis bilan sharh bergan holda tahlil qiladi;
⎯ bir o‘rinda mavzuga oid bir nechta hadislarni keltiradi;
⎯ mufassir ba’zi o‘rinlarda hadislarning sahihlik darajasiga unchalik ham e’tibor bermay o‘z nuqtai-nazarini ularning asl
mazmun-mohiyatiga qaratganligini ham ko‘rish mumkin.
3.Sahoba va tobe’inlardan qilingan rivoyatlar.
Moturidiy o‘z tafsirda sahoba va tobe’inlar so‘zlariga ham ko‘p murojaat qiladi. Jumladan, Anfol surasining 1–oyati: (Ey Muhammad), Sizdan o‘ljalar haqida so‘raydilar. Ayting: “O‘ljalar Alloh va payg‘ambarnikidir” tafsirida shunday deydi: Abu Umoma Bohiliy aytadi: “Uboda ibn Somitdan “Anfol” surasi haqida so‘radim, u: “Bu oyat biz Badr ahli xulqimiz yomonlashib ixtilof qilganimizda nozil bo‘lgan, Alloh taolo shunda uni bizning ixtiyorimizdan olib, O‘z Rasuli(s.a.v.)ga berdi, ular esa uni teng taqsimladilar”, – dedi”.

Tafsirda ra’yning qo‘llanishi:
Moturidiy tafsirida ra’y, ya’ni aqlga ham ko‘p o‘rinlarda murojaat qiladi. Chunki, Iroq maktabi izdoshlaridan bo‘lgan, lekin unda bu borada o‘ziga xos yo‘nalishni kuzatish mumkin. Xususan:
1. Oyatlar ta’vilida bir necha ehtimoli bor bo‘lgan jihatlarni zikr qiladi.
«وَإِنْ أَحَدٌ مِّنَ الْمُشْرِكِينَ اسْتَجَارَكَ فَأَجِرْهُ حَتَّى يَسْمَعَكَلاَمَ اللّهِ ثُمَّ أَبْلِغْهُ مَأْمَنَهُ ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لاَّ يَعْلَمُونَ»
“(Ey Muhammad), agar mushriklardan birontasi sizdan himoya so‘rasa, bas, uni himoya qiling, toki u Allohning kalomini eshitsin. So‘ng uni o‘zi uchun tinch bo‘lgan joyga yetkazib qo‘ying. Bu (hukm) ularning bilmaydigan qavm bo‘lganlari uchundir”(Tavba: 6).
Ushbu oyatdagi “uni o‘zi uchun tinch bo‘lgan joyga yetkazib qo‘ying” jumlasi haqida Moturidiy quydagi fikrlarni aytadi:
“Bu oyatning ma’nosi ikki xil bo‘lishi mumkin: birinchisi, uni o‘zining tinch joyiga qaytib ketishidan to‘smasdan tek qo‘ying. Ikkinchisi, uni o‘zi uchun tinch bo‘lgan joyga musulmonlar himoyasida yetkazib qo‘ying”.
2. Aqidaviy va mantiqiy masalalarga katta e’tibor qaratadi.
«وَلَوْ تَرَىَ إِذْ وُقِفُواْ عَلَى النَّارِفَقَالُواْ يَا لَيْتَنَا نُرَدُّ وَلاَ نُكَذِّبَ بِآيَاتِ رَبِّنَا وَنَكُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ»
“(Ey Muhammad), ularni do‘zax ustida turg‘azib qo‘yilgan paytlarida: «Orzu edi, (dunyoga) qaytarilsak va Parvardigorimizning oyatlarini yolg‘on demay, mo‘minlardan bo‘lsak», deganlarini ko‘rsangiz edi”(An’om: 27).
Ushbu oyat sharhida shunday deydi: “Bu o‘rinda iymonning faqat tasdiqlash ekanligiga dalil bor, chunki ular azobni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgach dunyoga qaytarilib moʻmin bo‘lishni, ya’ni tasdiqlashni orzu qilmoqdalar. Demak kufrning ziddi iymon faqat tasdiqning o‘zidan iborat”.
3. Aqlni ishlatishga chorlovchi oyatlarga e’tibor qaratadi.
«…انظُرُواْ إِلِى ثَمَرِهِ إِذَا أَثْمَرَ وَيَنْعِهِ إِنَّ فِي ذَلِكُمْلآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ»
“(Ey insonlar), ularning har birini meva tukkan paytidagi mevasiga va keyin pishgan holiga boqing!”(An’om: 99).
Ushbu oyatining tafsirida mevalarning qachon pishib yetilishi va qay rangda bo‘lishi sabablari va omillarini barcha insonlar birgalikda aniqlashga intilsalar ham bila olmasliklarini ta’kidlaydi hamda bu misoldan barcha mavjudotlarni Alloh taolo bir vaqtning o‘zida qayta tiriltirishga qodirligini insonlar anglab yetishlari maqsad qilinganini aytib o‘tadi.
Yuqoridagilardan Moturidiyning asari naqadar keng qamrovliligini va o‘z davridagi tafsir ilmi yutuqlaridan to‘la foydalanganligini ko‘rishimiz mumkin.

 

4-kurs talabasi Xurramov Ayyub

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry