24.06.2021
369

Xorijiy diniy ta’lim muassasalari

      “Al-Azhar” ta’lim majmuasining barcha muassasalariga O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish bo‘yicha murojaatlari joriy yil uchun 2021 yil 25 iyun kunidan – 15 iyul kunigacha (keyingi yillar uchun (yil davomida) 1 avgustdan keyingi yil 30 iyun kuniga qadar) Maslahat kengashi (Din ishlari bo‘yicha qo‘mita) tomonidan qabul qilinadi. 

   “Al-Azhar” ta’lim majmuasida o‘qish istagida bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etishi lozim:

1. Ariza (namuna bo‘yicha)

2. Fuqarolik pasporti yoki (ID) karta nusxasi;

3. Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida shahodatnoma, attestat), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yoki oliy ta’lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;

4. Fuqaroning shaxsiy ma’lumotnomasi (namuna bo‘yicha namuna tuldirish shakli) va tarjimai holi (erkin shaklda).

          Ma’lumot uchun: Murojaatlar Maslahat kengashi Ishchi guruhi tomonidan joriy yil 16-30 iyul kunlari (keyingi yildan 1-30 iyul kunlari) ko‘rib chiqiladi hamda Ishchi guruhi bilan o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra “Al-Azhar” ta’lim majmuasida o‘qishga tavsiya etilgan fuqarolar ro‘yxati tavsiya xati asosida Misr Arab Respublikasi “Al-Azhar” majmuasi institutlari departamenti administratsiyasining elektron manziliga yuboriladi. 

Eslatma: Murojaatlar Ishchi guruh tomonidan (manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 12-uy. Tel: (71) 239-43-73)da haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

1-ilova Maslahat kengashi Tarkibi

2-ilova Maslahat kengashi Nizomi

3-ilova Ishchi guruh tarkibi

 4-ilova Ishchi guruh Reglamenti

 5-ilova O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 avgustdagi 651-son qarori

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry