24.06.2021
859

Diniy ta’lim borasida batafsil ma’lumotga egamizmi?

So‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi diniy-ma’rifiy jabhada ham keng ko‘lamli islohotlar, o‘zgarishlar, yangiliklar amalga oshirilmoqda. Buni barchamiz ko‘rib, guvohi bo‘lib turibmiz.

Zero, Respublikamizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar hamda diniy konfessiya vakillari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish borasida olib borilayotgan ishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuksak e’tirof etilayotgani – bu borada olib borilayotgan ishlarning to‘g‘ri o‘zanda ketayotganiga dalolat qiladi.

Afsuski, internet tarmoqlarida ba’zi mutaassib shaxs va toifalar tomonidan O’zbekistonning din ishlari sohadagi yagona davlat siyosatini noxolis baholash, yangiliklarni o‘z manfaatlariga moslab talqin qilish, voqe’likni o‘z o‘zanidan boshqa tomonga burish, holatni ko‘pirtirish hamda ayrim diniy-ijtimoiy masalalar yuzasidan asossiz tanqidlar qilinmoqda.

Birinchidan, shuni unutmaslik kerak-ki, O’zbekiston – biz huquqiy demokratik, ko‘p millatli va turli konfessiyali jamiyatda yashaymiz.

Ikkinchidan, bosh qomusimiz va amaldagi qonunchilikda hech qaysi dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan.

Uchinchidan, turli millat va din vakillari istiqomat qiladigan jamiyatda qonun bilan o‘rnatilgan va ijtimoiy kelishuv asosida tartibga solinadigan munosabatlarga qarshi har qanday turdagi nojoiz xatti-harakat – turli dinlarga e’tiqod qiluvchi aholi orasida nizo va tushunmovchiliklar keltirib chiqaradi.

Kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqda-ki, oxirgi paytlarda fuqarolar tomonidan bildirilayotgan takliflar, o‘rtaga qo‘yilayotgan masalalar, muayyan bir konfessiya, ya’ni islom diniga e’tiqod qiluvchi fuqarolar manfaatlaridan kelib chiqib ilgari surilmoqda. To‘g‘ri, yurtimiz aholisining 94% dan ortig‘ini musulmonlar tashkil etadi, lekin bu degani qaror qabul qilishda – mavjud qonunchilik va huquqiy me’yor talablaridan chetga chiqishga asos bo‘lmaydi, har qanday holatda ham boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarning huquqlarini inobatga olish – Konstitutsiyaviy burch hisoblanadi. Aks holda, bu – diskriminatsiya va turli ijtimoiy muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Shu nuqtai-nazardan, mamlakatimizda din sohasidagi davlat siyosati masalasida qabul qilinadigan har qanday qaror va qonunlar – barcha konfessiya vakillarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqiladi.

Bugun ko‘tarilayotgan din sohasidagi har qanday taklif va talablar yuqoridagi mezonlar asosida ko‘rib chiqilmas ekan, tushunmovchilik va ziddiyatlar kelib chiqaveradi. Masalaning muhim jihati, ko‘pchilik ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosatining mohiyatini to‘g‘ri anglamasligi natijasida odamlar ongida turli noto‘g‘ri fikrlar, munosabat va qarashlar hamda ikkilanishlar paydo bo‘lmoqda.

Jumladan, xususiy tartibda diniy ta’lim olish va ta’lim berishga bo‘lgan taqiqni bekor qilish masalasi ham bugun tushunmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Shunday ekan, mazkur masalaga ham oydinlik kiritish, chegarani belgilab olish lozim.

Bugungi kunda O’zbekistonda diniy ta’lim olish sohasini shartli ravishda 3 ta yo‘nalishga bo‘lish mumkin: 

- ilohiyot yo‘nalishidagi professional diniy ta’lim; 

- dunyoviy ta’lim muassasalaridagi dinga oid akademik ta’lim; 

- aholi tomonidan qiziqish bildirilayotgan, kundalik hayoti uchun zarur deb hisoblanadigan diniy amaliyot qoidalarini o‘rganish hamda odob-ahloq bilan bog‘liq masalalarda diniy nuqtai nazarga asoslangan bilimlarni olish (“maishiy” diniy ta’lim).

 1. Ilohiyot yo‘nalishidagi professional diniy ta’lim

Ushbu yo‘nalishdagi diniy ta’lim olish imkoniyatlari maxsus diniy ta’lim muassasalari orqali amalga oshiriladi va birinchi navbatda professional diniy soha xizmatchilarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Bugungi kunda O’zbekistonda 15 ta diniy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shulardan 13 tasi O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlari. Jumladan, 3 tasi oliy Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi va 10 ta o‘rta maxsus islom bilim yurtlari hisoblanadi, shundan 2 tasi ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalaridir. Bular quyidagilar:

1.Toshkent islom instituti 

2.“Mir Arab” Oliy madrasasi 

3. Hadis ilmi maktabi

4.“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti

5.“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurti

6.“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti

7.“Muhammad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom bilim yurti

8.“Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom bilim yurti

9.“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti

10.“Mir Arab” o‘rta maxsus islom bilim yurti

11. “Imom Termizi” o‘rta maxsus islom bilim yurti

12.“Xadichai Kubro” o‘rta maxsus islom bilim yurti

13.“Jo‘ybori Kalon” o‘rta maxsus islom bilim yurti.

 Professional diniy ta’lim tizimida boshlang‘ich daraja madrasa hisoblanadi hamda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 10 nafar o‘rta maxsus islom bilim yurtlariga kirish uchun maxsus diniy bilim talab etilmaydi. Ushbu ta’lim dargohlarida kirish imtihonlari maktab dasturi doirasida o‘qitiladigan fanlar, ya’ni xorijiy til va tarix fanlaridan Davlat test markazi tomonidan test shaklida o‘tkaziladi. 2019 yilga qadar Ma’naviyat asoslari fanidan ijodiy imtihon ham o‘tkazilgan bo‘lib, 2020 yilda pandemiya sababli faqat test shaklidagi imtihonlar tashkil etish bilan cheklangan.

O’z navbatida, oliy diniy ta’lim muassasalariga kirish uchun dunyoviy fanlar bilan bir qatorda sof diniy fanlardan ham imtihonlar o‘tkaziladi, mazkur bilimlarni fuqarolar madrasalarda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, O’zbekistonda barcha din vakillariga bir ko‘z bilan qaraladi, “diniy ozchilik” degan ibora esa o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra o‘zbek tili uchun sun’iy yasama bo‘lib, bizning madaniyatimizga va tilimizga va umuman milliy qonunchiligimizga xos emas. Bu holat diniy ta’lim sohasida ham ko‘zga tashlanadi. Buning isboti o‘laroq, Toshkent pravoslav va Toshkent protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsatayotganini ta’kidlash o‘rinli.

Toshkent pravoslav seminariyasi 1990 yil 1 oktyabrda o‘rta maxsus bilim yurti sifatida tashkil etilgan. 1998 yil 9 apreldan o‘quv yurti seminariyaga aylantirilgan. Rus pravoslav cherkovi qoidalariga asosan seminariyaga yeparxiya rahbari rahbarlik qiladi. Seminariyada O’zbekiston Respublikasi fuqarolaridan tashqari Rossiya, Moldova, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan kelgan talabalar ham ta’lim olmoqda.

Toshkent protestant seminariyasi 1992 yildan e’tiboran Samarqand shahrida “Samarqand protestant seminariyasi” sifatida faoliyat olib borgan. 2004 yilda seminariya Toshkent shahriga ko‘chirilib, Toshkent protestant seminariyasi nomi bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Ta’kidlash lozimki, o‘tgan yaqin yillar davomida respublikamizda diniy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bir qator islohotlar amalga oshirildi. Diniy ta’lim tizimini jahon andozalariga mos ravishda tashkil etish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 

Respublikada 2017 yilga qadar oliy diniy ta’lim muassasalari soni 1 tani tashkil qilgan bo‘lsa, so‘nggi to‘rt yilda ularning soni 3 taga yetdi. Bugungi kunda Samarqand shahrida tashkil etilgan Hadis ilmi maktabi eng ilg‘or diniy ta’lim muassasasidir. Markaziy Osiyoda noyob hisoblangan bu ta’lim muassasasida ta’lim jarayonlari to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, ta’lim jarayonlariga xorijiy noyob mutaxassislar ham jalb qilinmoqda.

O’rta maxsus ma’lumotli imom-xatiblar malakasini oshirish va ularni oliy ma’lumotli qilish maqsadida Toshkent islom institutida 3 yillik modul ta’lim tizimi joriy etildi. Mazkur talim tizimiga 2019-2020 o‘quv yilidan asosiy ish joyidan ajralmagan holda imom-xatiblar o‘qishga qabul qilindi.

Davomi bor...

 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry