21.06.2021
262

Markaziy Osiyoda kalom ilmining rivojlanishi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Ozarbayjon ilohiyot instituti o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida Ozarbayjon ilohiyot instituti ilmiy tadqiqotchilari, magistratura va doktorantura talabalari uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan tashkil etilgan onlayn ma’ruza darslari davom etmoqda.

Navbatdagi darslar “Markaziy Osiyoda kalom ilmining rivojlanishi” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari, Ozarbayjon ilohiyot institutining ilmiy vakillari, doktorantlar hamda magistratura ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.

Dastlab O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori S.Agzamxojayev har ikki ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqqani, tomonlar to‘plagan boy ilmiy-ma’naviy tajribani o‘zaro o‘rtoqlashishda yaqindan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanayotganini bildirib, navbatdagi  ma’ruza darslariga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti S.Oqilov “Markaziy Osiyoda kalom ilmining rivojlanishi” mavzusida tinglovchilarga ma’ruza o‘qidi.

Allomalarning ilmiy-ma’naviy merosi, ularning bugungi kundagi ahamiyati, kalom ilmiga oid nodir manbalar, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar bo‘yicha ma’ruzada batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Akademiya tomonidan chop etilgan mavzuga oid kitoblar bilan ham yaqindan tanishtirib o‘tildi.

Dars mashg‘ulotlari Ozarbayjon ilohiyot instituti mutaxasisslari hamda talabalari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.

Onlayn darslar davom etmoqda.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry