24.06.2021
339

Moturidiy ta’limoti haqida badiiy asarlar yozilishiga ehtiyoj bor

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida uyushma va imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir ajdodimiz, moturidiylik ta’limoti asoschisi imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiylik ta’limoti davomchilari sanalgan olimlar haqida badiiy asarlar yaratishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G’ayrat Majid, shoir va tarjimon Mirzo Kenjabek va boshqalar bugungi kunda Moturidiy ta’limotini kengroq targ‘ib qilishga ehtiyoj borligi, odamlarga diniy tushunchani to‘g‘ri targ‘ib qilish zarurligi haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

–Insonlarni sof iymonga, islomga chaqirishda adabiyot yordamga keladi, –deydi imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov. –Bugun ijtimoiy tarmoqlarni kuzatsangiz barcha dindor, barcha o‘zini olim sanaydi. 

Ularning qay darajada bilim va salohiyatga egaligini bilmaymiz. Bugun globallashgan jamiyatimiz kishilarini tarbiyalovchi, ularga to‘g‘ri ta’limotni yetkazishda yozuvchi-shoirlarning, dramaturglarning ko‘magi darkor. Imom Moturidiy haqida hujjatli filmlar yaratildi, ayni kunlarda badiiy filmlar yaratish ustida ish olib borilmoqda. 

Alloma va alloma ta’limoti, uning sof islomiy g‘oyalarini ilgari surgan davomchilarining hayoti haqida badiiy asarlar yaratilsa, keng targ‘ib etilsa, yozilganda ham ishonchli manbalardan foydalanib, alloma hayot yo‘lini mukammal o‘rganib, ushbu ishga qo‘l urilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Tadbirda zamonaviy o‘zbek nasrida o‘z o‘rniga ega yozuvchilar Luqmon Bo‘rixon, Sobir O’nar ham ishtirok etdi. Ular ham yaratilishi kerak bo‘lgan asarlar haqida mulohazalarini aytishdi.

Dilobar Mamatova, O’zA

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry