23.06.2021
296

Dr. Solim ibn Muhammad al-Malik

Fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom olami tashkiloti (ICESCO) bosh direktori

 

Biz Buxoro shahrining islom olami mada­niyati poytaxti ekanini nishonlar ekan­miz, bu diyor islom sivilizatsiyasining eng muhim markazlaridan biri sifatida e’zoz­lanishini yodimizda tutamiz. Ushbu min­taqa turli madaniyatlar va millatlar Vatani o‘laroq shakllangan bo‘lib, barcha millat va elatlar oldida bag‘rikengligi va ochiqligidan guvohlik beradi. Shu bilan birga, bu zamin islom ilmlarining rivojiga katta 
hissa qo‘shgan.

Bu yurtning buyuk olimlaridan biri Imom Abu Mansur Moturidiy bo‘lib, u “hidoyat imomi”, “mutakallimlar imomi”, “ahli sun­na raisi”, “zohid imom” nomlari bilan tanilgan. Olimning nasabi buyuk Sahobiy Abu Ayyub Ansoriyga borib taqaladi.

Imom Abu Mansur Moturidiy Islom tafakkuri tarixida muhim o‘rin tutadi. U hijriy XIV asrda Movarounnahrda paydo bo‘lgan va islom olamida tarqalgan sunniylik maktabi asoschisi ham hisoblanadi. Mazkur maktab vakillari hadis va sunnat egalari tutgan yo‘lga chaqirib, aqldan foydalangan holda islom aqidasining himoyasiga bel bog‘laganlar. Movarounnahr va boshqa diyor­larda turli fikr va xilma-xil mazhablar paydo bo‘lgani sababli ushbu maktab vakillari boshqa firqa tarafdorlari bilan munozaralar olib borganlar. Qayd etish lozimki, moturi­diylik ta’limoti hozirgi kungacha bir nechta tarixiy bochqichlarni bosib o‘tgan. Mazkur jarayonlarda Najmiddin Nasafiy, Sa’duddin Taftazoniy, Kamol ibn Humom kabi ko‘plab dunyoga mashhur moturidiylik aqidasiga mansub allomalar yetishib chiqqan. Ular qatorida, keyingi davrning eng yirik olimlaridan Shayx Muhammad Zohid Kavsa­riy va Hind yurtlarida Abulhasan an-Nadaviy kabilarni ham sanab o‘tish mumkin.

Moturidiylik ta’limoti fiqh va kalom ilmlarida hanafiy mazhabi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, aqlga katta e’tibor qaratgan va uni ilohiyot va nubuvvat masalalarini isbotlashda vahiydan keyingi ikkinchi manba darajasiga olib chiqqan. Shu bois, moturidiylar eshitish, ya’ni vahiydan oldin Allohni aql bilan tanish vojibdir, deb qaror qilganlar va ushbu mezonni aqidani bilishning asosi etib belgilaganlar. Bu borada Imom Moturidiy o‘zining “Tavhid” kitobida shunday deydi: “Dinni anglash ikki vosita bilan bo‘ladi, biri – eshitish, ya’ni vahiy, ikkinchisi – aql”.

Imom Moturidiyning eng muhim qarash­laridan biri u e’tiqodda taqlid qilishni qoralagan va aqliy nazarni ishlatish hamda dalil qidirish lozimligiga asoslar kel­tirgan. Qolaversa, ilmga bu ikki omilsiz yo‘l yo‘qligini ta’kidlagan. Bu esa mazkur kalom maktabining ash’ariy va mo‘‘taziliy ta’limotlari o‘rtasidagi mo‘‘tadil bir maktab ekanini ko‘rsatadi.

ISESCOning Islom dunyosi madaniyat poytaxtlari dasturi doirasida turli fan va ilmlar bo‘yicha musulmon olimlarining nomlarini tiklash bu – Islom merosini turli jihatlardan o‘rganish hamda umumiy va xususiy kutubxonalarda saqlanayotgan qo‘lyozmalarni nashr qilishga qaratilgan e’tibor sanalib, avlodlarni bir-biri bilan bog‘lash, o‘zlikni anglash va umumiy xotirani shakllantirishga xizmat qiladi.

Ushbu madaniy harakatni davomi o‘laroq hamda ISESCO maqsad-vazifalari doirasida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazir-ligi va Islom sivilizatsiyasi markazi bilan o‘zaro hamkorlik asosida, muvofiqlashtirish ishlaridan so‘ng, Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qoshida “ICESCO tashkilotining mintaqaviy qo‘lyozmalar markazi”ni tashkil etish bo‘yicha kelishuvning imzolanishidan mamnunmiz.

Shuningdek, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan o‘zaro e’tiborga molik sohalarda, ayniqsa, “ISESCOning kelajak sari yo‘llari” loyihasi doirasida meros, fan, ilm sohalarida, shuningdek, o‘zaro hamjihatlik va muloqot hamda umuminsoniy tamoyillar asosida hamkorlik qilishga tom ma’noda tayyorligimizni e’lon qilaman.

Alloh taboraka va taolodan ish va so‘zimizda hikmat hamda to‘g‘rilik ato etishini tilab, Markazning mintaqa va islom olami xalqlari xizmati yo‘lida o‘z maqsadlariga erishishini so‘rayman.

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry