19.01.2023
480

AHMAD AL-FARG‘ONIY

(797-867)
 

Buyuk alloma Ahmad Farg‘oniy Farg‘onada tug‘ilgan. IX asrda yashab ijod etgan. Uning asl ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. 
Allomaning ijodiy faoliyati Bag‘dod bilan, Al-Xorazmiy rahbarligida faoliyat ko‘rsatgan «Baytul hikma» bilan bog‘liq. Farg‘oniy Bag‘dod va Damashqtsagi rasadxonalar qurilishiga qatnashgan, Ptolomey «Yudduzlar jadvali» dagi ma’lumotlarni tekshirgan, 812 yilda quyosh tutilishini oldindan bashorat qilgan, Yerning dumaloq ekanligini ochgan, Misrda Nil daryosi suvini o‘lchaydigan asbob yasagan, falakiyot ilmiga munosib hissa qo‘shgan. Yevropaliklar allomani «Al Fraganus» deb atashgan. Uning 7 ta asari saqlanib qolgan. 1998 yilda Farg‘oniyning 1200 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Kuva shahrida unga haykal o‘rnatildi va istirohat bog‘i barpo etildi. Asarlari: «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» («Astronomiya asoslari»), «Falakiyot ilmining usullari haqida kitob», «Usturlob yasash haqida kitob», «Yetti iqlim hisobi’’ boshq. 

Qo‘shimcha malumot

Koʻz optikasi. Al-Haysam (Alxazen) kashfiyotlari.
FOTOAPPARATNI KIM IXTIRO QILGAN?Dunyo tarixida kim birinchi boʻlib fotoapparat nusxasini ixtiro qilgan va ushbu moslamani ishlash uslubini tushuntirib bergan.Fotoapparatni Iogann...
MIRZO ULUG'BEK
(1394-1449)Ulug‘bek 1394 yil 22 martda Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida A. Temurning harbiy yurishlari paytida tug‘ilgan. To‘rt yoshidan boshlab uning tarbiyasi...
ABU ALI IBN SINO
(980-1037)Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry