27.12.2022
204

EHTIYOT BO‘LAYLIK

Tilni tiyish taqvoning asosiy samaralaridan, insonni jahannamga o‘tin bo‘lishidan saqlovchi muhim omillardandir. Shayton jahannamga o‘zi uchun ahl-sherik ko‘paytiradi. Har bir so‘zni aytayotganimizda, har qanday ish qilayotganimizda, ayniqsa din haqida, ilm ahllari haqida gapirib, yozib turganimizda o‘zimizni bir taftish qilaylik. Nafsimiz uchun gapiryapmizmi, kimgadir nimanidir ko‘rsatib qo‘yish uchun yozyapmizmi, qalbimiz tub-tubida yashirinib yotgan riyo, ujub illatlarini ixlos bilan xaspo‘shlab video joylayapmizmi, yoki chindan ham xolis ishmi bular? O‘zimizni sarhisob qilaylik. Har kim o‘zini taniydi, qalbidan o‘tayotgan kechinmalarni juda yaxshi biladi. Alloh esa barchasidan xabardor zot!

Zohirda ixlosli ko‘rinib, aslida maslahatni shaytoni la’iyn bilan qilayotgan bo‘lmaylik. Zohirda go‘zal amallarimizni ko‘z-ko‘z qilib, yolg‘iz qolganda Alloh harom qilgan ishlardan tap tortmaydigan munofiqlardan bo‘lib qolmaylik. U yoq-bu yog‘imizga qaraylik, tafakkur qilaylik. O‘zimizni ham ayblashga, yoqamizdan tutib, «Ey osiy banda, sen shunchalik pokmisan? Falon-falon gunohlaringni unutdingmi? Agar Alloh o‘sha gunohlaringni kechirmasachi, ojizona qilayotgan xatoli amallaringni qabul qilmasachi... unda nima qilasan? Oxiratingdan shunchalik xotirjammisanki, boshqalar haqida gapira boshlading. Shu holda o‘lsang ahvoling nima bo‘ladi?» deyishga jur’at topaylik. Ijtimoiy tarmoqlarga nazar soling. Shaytonning saltanatiga o‘xshab qolmadimi?

Abdulloh ibn Muborak aytadilar: Vuhayb ibn Vard shunday degandi: «Hammaning oldida shaytonni so‘kib, yolg‘iz qolganda uning do‘sti bo‘lishdan saqlan!».

Robbim gunohimizni kechirsin!

“Mir Arab” oliy madrasa mudarrisi Ulug’bek Jiyanov

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry