22.12.2022
63

Akademiya rektori xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Ayni paytda Marokash podshohligining Rabot shahrida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO)ning xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ham ishtirok etmoqda. Konferensiya “Musulmon dunyosida taraqqiyotning strategik indikatorlari: Bilim indikatori model sifatida” mavzusidagi 1-maslahatlashuv uchrashuvi bilan oʻz ishini boshladi.

Taʼkidlash joiz, tashkilot 1979-yilda tashkil topgan boʻlib, bosh qarorgohi Marokash davlati poytaxti Rabot shahrida joylashgan. Tashkilot tomonidan aʼzo davlatlar oʻrtasida taʼlim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar hamda dinlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni oʻrnatishga muhim eʼtibor qaratib kelinmoqda. Islom olami va dunyo tamadduni rivojida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrni beqiyos boʻlgani bois ICESCO tashkiloti bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda.

Ochilish sessiyasida ICESCO Bosh direktori Salim al-Malikning murojaati tinglandi. Oʻz navbatida Muhammad al-Maktum fondi ijrochi direktori, professor Jamal bin Huvayreb, hamda UNDP bosh texnik maslahatchisi va bilim loyihasi direktori Xani Turki anjuman ishtirokchilariga murojaat yoʻladi.

Shundan soʻng “Bilim jamiyatlarini qurishni va baholashni muhokama etish eng muhim muammolari boʻyicha” sessiyasi oʻtkazildi.

Rasmiy tadbirlardan soʻng Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamning siyrati va islom sivilizatsiyasi xalqaro koʻrgazmasi va muzeyiga tashrif tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, bgugun konferensiya oʻz ishini turli mavzularga bagʻishlangan seminarlari bilan davom ettiradi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

O‘zbekiston delegatsiyasi 2023 yil 15 mart kuni Qohira universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti hamda Arab tili ta’limini rivojlantirish markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Qohira universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti dekani professor Iman Haridi bilan uchrashuv tashkil qilinib, O‘zbekiston xalqaro islom...
O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etish...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry