17.12.2022
138

“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusidagi tadbirlarda 500 mingdan ortiq oʻquvchi-talabalar ishtirok etdi

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari, professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar direktorlari, jami 2 mingga yaqin rahbar ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, tegishli masʼul tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilgan tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ochib berdi.

Qayd etilganidek, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalarini talaba-yoshlar oʻrtasida targʻib qilish maqsadida qariyb 3 oy davomida oliy va professional taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalari, oʻqituvchi-professorlari ishtirokida targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar, bugungi kunda dunyoning turli joylarida siyosiy va harbiy, iqtisodiy va ijtimoiy ziddiyatlar, turli axborot xurujlari va mafkuralar toʻqnashuvi keskin tus olayotgani, bu jarayonda “Fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish” har qachongidan koʻra muhim ahamiyat kasb etayotganiga toʻxtalishdi.

Prezidentimiz tomonidan taʼkidlanganidek, “Jaholatga qarshi – maʼrifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy maʼnaviy meros oʻziga xos najot qalʼasi, himoya qoʻrgʻoni vazifasini oʻtayotganiga guvoh boʻlinayotgani qayd etildi.

Shuningdek, tegishli hamkor tashkilotlar bilan birga qariyb 3 oydan buyon oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimida oʻtkazilayotgan bu kabi keng koʻlamli targʻibot-tashviqot tadbirlarining yuqori saviyada oʻtkazilib, ularda 500 mingdan ortiq oʻquvchi-talabalar va professor-oʻqituvchilar qamrab olingani alohida taʼkidlandi.

Tadbir davomida yigʻilganlar uchun jaholatga qarshi maʼrifatni targʻib etuvchi hujjatli film namoyish etildi.

Yakunda esa targʻibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada oʻtishida bosh-qosh boʻlgan, yaqindan koʻmak bergan bir guruh tashkilotchilarga minnatdorlik ramzi sifatida vazirlikning esdalik sovgʻalari va tashakkurnomalari topshirildi.

Manba: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry