15.06.2021
319

Masjid jamoasi bilan yuzma-yuz, dildan suhbat qilindi

Bugun, 10 iyun kuni Diniy soha rahbarlari Andijon viloyatiga safarlari davomida Shahrixon tumanidagi “Muhammad Roziqboy” va “Sulaymonbek” jomelarida ham bo‘lib, masjid xodimlari, mahalla faollari, nuroniy otaxonlar bilan samimiy suhbat qurilib, mo‘min-musulmonlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ulkan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida so‘zlab berildi.

Tashrif asnosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Prezident maslahatchisi Shoazim Minovarov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev masjidlardagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar, jomelar faoliyati, namozxonlarga qulayliklar qilish, mo‘min-musulmonlarning savodxonligi va dunyoqarashini oshirish buyicha imom-xatiblarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.

Masjid jamoasi bilan bo‘lgan suhbatlarda mutasaddilar bugungi kunda davlatimiz Rahbari tomonidan olib borilayotgan din sohasidagi ulkan o‘zgarishlar, Yaratgan Parvardigorning bunday bergan ne’matlariga shukrona keltirish haqida so‘z yuritdilar.
Uchrashuvda muftiy Usmonxon Alimov hazratlari mo‘min-musulmonlarning dardu tashvishlarini yengillatish bugungi kunda davlatimiz Rahbari tomonidan bosh maqsad qilib qo‘yilganini ta’kidladilar. Shuningdek, kishilarning diniy-ma’rifiy savodxonligini oshirish, imon-e’tiqodini mustahkamlash, Islom dinining ezgu ta’limotlarini tarqatish asosiy maqsad ekanini ta’kidladilar.
Muftiy hazratlari bugungi dono siyosatni keng targ‘ib etish va dinimiz, ona-Vatanimizni himoya qilishda hamma munosib hissa qo‘shishi ham farz, ham qarz ekanini izohladilar. Hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan yurtimizni gullab yashnashiga barcha barobar mas’ul ekanini alohida aytib, keng imkoniyat va imtiyozlar berayotgan Yurtboshimiz haqlariga duoi xayrlar qildilar.
Uchrashuvlar do‘stona va samimiy ruhda o‘tmoqda.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry