28.11.2022
1804

O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti

So‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy nomlari bilan atalgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi mazkur merosni keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilmoqda.

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 91-bandida IHT, IRCICA, ICESCO, UNESCO kabi dunyoning nufuzli tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlari bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” shiori ostida xalqaro konferensiya, simpozium va anjumanlar tashkil etish vazifasi belgilangan.

Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Kuvaytdagi elchixonasi hamda Kuvayt universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Onlayn va offlayn formatda o‘tgan ilm mashvaratida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Mirilyos Mirziyotov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Haydarov, kafedra professor-o‘qituvchilari – Nigora Hakimova, Ilhom Bekmirzayev, Burhoniddin Ahmedov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi o‘qituvchisi Muhammadsiddiq Usmonov, Al-Imom Muhammad ibn Saud Islom universiteti (Saudiya Arabistoni) professori Ibrohim Almozaini, Quvayt universiteti San’at fakulteti islom tarixi professori, doktor Faysal Toxa, doktor Sanad Abdulfattoh, doktor Badr ar-Rashidiy, Qirol Abdulaziz universiteti (Saudiya Arabistoni) professori, doktor Nadiya Alim Qurbon ishtirok etishdi.

Anjumanda shuningdek, yurtimizdagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, Kuvayt, BAA, O‘monda faoliyat yuritayotgan ilmiy markazlar tinglovchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, diniy soha vakillari va mutaxassislari qatnashdi. 

Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning ibratli hayot yo‘llari va boy ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, keng afkor ommaga yetkazish va muhokama qilish tadbirning ustuvor maqsadlaridan biridir.

Tadbir avvalida Qur’on tilovat qilindi. O‘zbekiston va Kuvayt davlat madhiyalari tinglandi. Shundan so‘ng anjumanni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Mirilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tabrikda O‘zbekiston zamini qadimdan islom tamadduni rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkirlar zamini ekani, allomalarimiz qoldirgan ilmiy-ma’naviy asarlar, qo‘lyozmalar islom sivilizatsiyasida muhim o‘rin tutishi qayd etildi. Bugungi kunda yurtimizda mazkur sohaga alohida ahamiyat qaratilayotgani ta’kidlandi. Anjuman ishiga muvaffaqiyat tilandi. 

O‘z navbatida Quvayt universitetining islom tarixi professori, gumanitar fanlar bo‘yicha arab jurnali bosh muharriri, doktor Abdulhadiy Ajmiy janoblari ham so‘zga chiqdi.

Konferensiya davomida ishtirokchilar tomonidan “O‘zbekiston allomalari qo‘lyozma asarlarining islom ilmlaridagi ahamiyati (O‘zXIA fondi asosida)”, “Abu Bakr Qaffol Shoshiyning ilmiy merosi”, “Xusomiddin Sadr Shahid Buxoriyning fiqh ilmida tutgan o‘rni”, “Imom Termiziyning hadisshunoslik ilmida tutgan o‘rni”, “Hijriy III asr boshidan mo‘g‘ullar istilosigacha (205-617) Buxoro so‘fiylari va ularning ilmiy sa’y-harakatlari”, “Samarqandlik olimlar va ularning IV-V hijriy asrlarda islom sivilizatsiyasiga oid ilmiy merosi” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. 

Tadbir nihoyasida bildirilgan mavzular yuzasidan qizg‘in muhokamalar o‘tkazildi. Taklif va mulohazalar tinglandi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati 

 

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

15.02.2024 22:50
♡♡♡♡♡
Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry