11.11.2022
171

Malayziya islomni anglash instituti bilan hamkorlikda anjuman tashkil etildi

O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida Malayziya islomni anglash instituti (IKIM), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi ishtirokida “Islom va zamonaviylik” mavzusida onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Islomov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori I.Bekmirzayev qatnashdi.

Ushbu onlayn konferensiyada IKIM bosh direktori, doktor Mohamed Azam bin Mohamed Adil vebinar ishtirokchilarini tabriklab, anjuman faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Zohidjon Islomov yuqorida keltirilgan muassasa vakillariga ushbu vebinarda qatnashish orqali birgalikda fikr almashib, ilg‘or tajribalarni yanada boyitish, hamkorlik aloqalarini bundan keyin ham ilmiy-amaliy konferensiya, seminar, qo‘shma dasturlar va akademik almashinuvlar doirasida yanada rivojlantirishni aytib o‘tdi. “Islom va zamonaviylik” mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur konferensiya 4 ta sessiyadan iborat bo‘ldi.

IKIM vakili doktor Mohd Yusof bin Haji Othman tomonidan “O‘rta asr Islom davrida fan va texnologiyani kirib kelishi bo‘yicha qisqacha sharhlar”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Ilhomjon Bekmirzayev tomonidan “XI-XIII asrlar Buxoro ijtimoiy va madaniy hayotida Banu Mozo faqihlarining o‘rni”, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi vakili doktor Olovxon Ne’matov tomonidan “Islomofobiyani bartaraf etuvchi omillar”, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiya markazi vakili, doktor Zohidullo Munavvarov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi siyosatining ayrim xususiyatlari diniy masalalar” mavzularida taqdimotlar orqali ma’ruza qilindi.

Vebinar davomida islom dini ezgulik, insonparvarlik dini ekani, ma’naviyatga, ilmga undashi, O‘zbekiston hududida yetishib chiqqan mutafakkirlar bunga beqiyos hissa qo‘shganini tasdiqlovchi ilmiy natijalarni ko‘rish va yangi tadqiqotlarga zamin yaratilayotgani ta’kidlab o‘tildi. 

Malayziya islomni anglash instituti vakillari dunyoda matematika, fizika, geometriya, astronomiya, tibbiyot kabi fundamental sohalarning rivojlanishida o‘zbekistonlik olimlarning o‘rni yuksak ekanini bildirib o‘tdi. Markaziy Osiyoda muqaddas din tadrijiyligi, buyuk mutafakkirlar hamda davlat arboblarining islom taraqqiyotida tutgan ulkan o‘rni xususida atroflicha fikr yuritildi. 

“Barcha muhaddislar ustozi” bo‘lmish Imom Buxoriyning islom olamidagi hadislar to‘plamining ishonchli manbayi sifatida e’tirof etilgan “Al-jome as-sahih” to‘plami muqaddas Qur’oni karimdan keyin islom dini haqidagi ikkinchi ishonchli yozma manba sanalishi alohida aytib o‘tildi. Davra suhbatida Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Bahouddin Naqshband, Burhoniddin Marg‘iloniy va boshqa buyuk allomalarning noyob merosi yuzasidan ham qizg‘in fikr almashildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry