29.10.2022
274

Hamkorlik masalalari muhokama etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida AQSh Kongressi kutubxonasi Yaqin Sharq va Afrika adabiyoti bo‘limi direktori Joan Viks va Arab dunyosi bo‘limi boshlig‘i Muhannad Salxi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonning AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobov, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor Bahrom Mamadiyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi.
 

Mazkur muloqot O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilib, unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv AQSH Kongressi kutubxonasi bilan u yerda saqlanayotgan yurtimiz allomalariga oid 2000 ga yaqin qo‘lyozmalarni o‘rganish hamda qadimiy yozma manbalarni saqlash, elektron nusxalarini tayyorlash, ta’mirlash yo‘nalishida hamkorlik qilish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov yurtimizdagi diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, markaz faoliyati, maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritdi. 

E’tirof etish kerak, so‘nggi yillarda mamlakatimizda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatining tashkil etilishi o‘zbek zaminida tavallud topib, ilmiy faoliyat olib borgan buyuk alloma va mutafakkirlar merosini ilmiy tadqiq etish va uning natijalaridan amaliy foydalanish jarayonida yangi bosqichni boshlab berdi. Bu borada joriy yilning 10-fevralida davlatimiz rahbari tomonidan “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi mazkur islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi deyish mumkin.

Shu bois, ayni paytda qadimiy yozma manbalar davlat reestri shakllantirilmoqda. Xorijda saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarni bosqichma-bosqich tadqiq etish ishlari olib borilmoqda. 

Shundan so‘ng Akademiya prorektori Zohidjon Islomov oliy ta’lim muassasasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Akademiyada hassos soha bo‘lgan muqaddas islom dinini ilmiy nuqtai nazardan fundamental tadqiq etish, ulug‘ allomalarimiz ma’naviy merosini qayta kashf etish orqali dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shadigan yuksak salohiyatli, raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashda tizimli ishlar amalga oshirilayotganini e’tirof etdi.

Muloqot davomida bu borada AQSH Kongressi kutubxonasi hamda Yaqin Sharq va Afrika adabiyoti bo‘limi vakillari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda. Tadbirda Kongress kutubxonasining taqdimoti, Markaz va boshqa tashkilotlar faoliyati haqida qisqacha tanishtiruv o‘tkazildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida istiqboldagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Mamlakatimizdagi soha mutaxassislarini AQSh Kongressi kutubxonasiga qisqa muddatga yuborish, o‘zaro tajriba almashish, malaka oshirish kurslari tashkil etish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tishdi.

 

 

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry