25.10.2022
377

“Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur” mavzusidagi xalqaro simpozium

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jamoliddin Karimov Samarqand davlat universiteti, Turkiya Respublikasining Anqara Yildirim Boyazid hamda Uludag‘ universitetlari hamkorligida joriy yilning 17-26 oktabr kunlari o‘tkazilayotgan “Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur” mavzusidagi xalqaro simpozium doirasida Turkiya Respublikasida bo‘lib turibdi. Jumladan, Uludag‘ universitetida davom ettirilgan simpozium ishida “Temuriylar davri allomasi al-Jazariyning qiroat va uning ko‘rinishlari haqida qarashlari” mavzusidagi ma’ruza bilan hamda sho‘ba moderatori sifatida ishtirok etdi. Simpoziumda Sulton Yildirim Boyazid hamda Amir Temurning siyosiy faoliyati, ularning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan hissalariga oid ilmiy masalalar keng muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Bursa shahri Uludag‘ universitetida tashkil qilingan simpozium doirasida Imom Moturidiy “Ta’vilot al-Qur’on” asari 29-juzining Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida amalga oshirilgan o‘zbek tilidagi tarjimasi taqdimoti ham o‘tkazildi. Taqdimotda ishtirok etgan xorijlik olim va mutaxassislar ushbu tarjimani jahon moturidiyshunosligida amalga oshirilgan yirik fundamental tadqiqot sifatida e’tirof etib, yuqori baho berdilar. 

 

 

 

 

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry