20.10.2022
329

“Imom Abu Mansur Moturidiy faoliyati va moturidiya aqidaviy mazhabi” mavzuidagi xalqaro ilmiy konferensiya

PRESS-RELIZI

2022-yil 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Abu Mansur Moturidiy faoliyati moturidiya aqidaviy mazhabi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm, xususan, ziyorat turizmi sohasini jadal rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-338-sonli qarorida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon, Qo‘qon, Termiz va boshqa tarixiy shaharlarda buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi to‘g‘risida seminar,  simpozium, konferensiya, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish hamda ilmiy-ommabop nashrlarda materiallar e’lon qilish orqali sayyohlarni jalb qilish vazifasi belgilangan. Shu bilan birga, ushbu Qaror bilan tasdiqlangan Turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 22-bandida Samarqand shahrida “Imom Abu Mansur Moturidiy faoliyati va moturidiya aqidaviy mazhabi” mavzusida ilmiy konferensiya tashkil etish masalasi qo‘yilgan.

Ushbu vazifaning ijrosini ta’minlash, xususan, moturidiylik ta’limoti keng tarqalgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlardan sayyohlarning yurtimizga oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida Samarqand shahrida “Imom Abu Mansur Moturidiy faoliyati va moturidiya aqidaviy mazhabi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston qadimdan jahon ilm-fani va islom sivilizatsiyasi rivojiga o‘z asarlari, yaratgan umrboqiy ta’limotlari, insoniyat taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi ezgu g‘oyalari hamda kashfiyotlari bilan bebaho hissa qo‘shgan allomalar zamini bo‘lib kelgan. Jumladan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Mahmud Zamaxshariy, Abul Muin Nasafiy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Abul Barakot Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy, Abu Mansur Moturidiy kabi allomalar bugungi kunda jahon ilmiy jamoatchiligining katta qiziqishi va e’tiboriga sazovor bo‘lmoqda.

Ushbu allomalar qatorida kalom va aqida ilmining buyuk namoyandasi, hozirgi vaqtda dunyo musulmonlarining qariyb yarmi e’tiqod qiladigan moturidiylik ta’limoti asoschisi hisoblangan mutakallim olim Abu Mansur Moturidiyning nomi alohida ahamiyatga ega. U yaratgan e’tiqodiy tizim islom diniga yot bo‘lgan turli oqimlar g‘oyalariga naqliy va aqliy dalillar asosida raddiyalar berish orqali musulmonlarning e’tiqodiy birligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan o‘ta muhim hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda allomaning ilmiy merosini o‘rganish hamda keng targ‘ib qilish dolzarb vazifalardan biri sanaladi.

Tashkil etilgan “Imom Abu Mansur Moturidiy faoliyati va moturidiya aqidaviy mazhabi” mavzusidagi ushbu xalqaro ilmiy konferensiya mazkur vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Ushbu xalqaro ilmiy konferensiyada Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, mutaxassislar qatnashdilar. Shuningdek, konferensiyada Turkiya Respublikasi va Misr Arab Respublikasidan yetuk olim va mutaxassislar ham ishtirok etdilar. 

Konferensiya davomida Imom Moturidiy “Ta’vilot al-Qur’on” asarining 29-juzi hamda “Imom Moturidiy” romani taqdimoti ham bo’lib o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan Imom Abu Mansur Moturidiy hayoti va ilmiy merosi, moturidiya aqidaviy mazhabi shakllanishining tarixiy bosqichlari, moturidiya ta’limotining bugungi kundagi ahamiyati, zamonaviy moturidiyshunoslik va bu borada olib borilayotgan tadqiqotlarga oid bir qator muhim ilmiy masalalar keng muhokama qilindi.

Shu bilan birga, konferensiyada olimlar moturidiylik ta’limotining o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildilar. Xususan, bugungi kundagi dolzarb aqidaviy masalalarga yechim topishda moturidiylik ta’limotining o‘rni va ahamiyati, ushbu ta’limotning mo‘tadilligi ishtirokchilar tomonidan alohida e’tirof etildi. Mazkur simpozium ishi doirasida Imom Moturidiy va moturidiy allomalarining ilmiy merosini xalqaro jamoatchilikka yetkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Konferensiyada qatnashgan xalqaro ekspertlar, mutaxassis va olimlar tomonidan ishtirokchilarning ma’ruzalari hamda boshqa ilmiy natijalar alohida to‘plam shaklida nashr etilishi ma’qullandi.

 

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot

 markazi matbuot xizmati

 

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry