09.09.2022
297

Onlayn uchrashuvda hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Pokiston Oliy ta’lim komissiyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda Oliy ta’lim komissiyasi direktori Muhammad Raza Chohan, Peshovar universiteti professorlari doktor Said Minhaj ul Hassan va Shabir Ahmed Xon, Kengash raisi Qibla Ayaz hamda Akademiyaning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Bahrom Mamadiyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Islom ensiklopediyasi bo‘limi mudiri Nurislom To‘xliyev va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida Oliy ta’lim komissiyasi direktori Muhammad Raza Chohan bugungi yig‘ilishdan asosiy maqsad Islom ensiklopediyasini tuzish bo‘yicha fikrlar almashish va o‘zaro aloqalar o‘rnatgan holda istiqboldagi rejalarni ko‘rib chiqish ekanini bildirdi. 

O‘z navbatida, prorektor Zohidjon Islomov hamkor tomonni yirik ilmiy loyihaga qo’l urganini yuksak baholab, ushbu Islom ensiklopediyasini tuzishda Akademiya hamkorlik qilishga tayyor ekanini qayd etdi.

Shuningdek, tomonlar mazkur ensiklopediyani ommabop, sifatli tayyorlanishida bor imkoniyatlarni ishga solib, o‘zaro hamkorlik qilishdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.  

Uchrashuv yakunida tomonlar bu kabi muloqotlar davomli bo‘lishiga kelishib, mazkur hamkorlik nafaqat soha vakillari, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikning rivojlanishiga katta hissa qo‘shishini alohida e’tirof etishdi. 

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry