08.09.2022
282

Olma-ota shahrida “Yangi Markaziy Osiyo uchun istiqbollar: barqaror va demokratik jamiyatni shakllantirishda dinning roli” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

2022 yil 7-8 sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida “Yangi Markaziy Osiyo uchun istiqbollar: barqaror va demokratik jamiyatni shakllantirishda dinning roli” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada AQSh, Avstraliya, Avstriya, Rossiya, Pokiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi mamlakatlardan ko‘zga ko‘ringan olim va mutaxassislar ishtirok etdilar.

Jumladan, unda ishtirok etgan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xodimlari, xususan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Zamonaviy islom tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘i Zafar Faxriddinov anjuman ishtirokchilarini yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan tizimli va jadal islohotlar bilan yaqindan tanishtirdilar. Diniy bag‘rikenglikni ta’minlashdagi O‘zbekiston tajribasi anjuman tashkilotchilari va qatnashchilari tomonidan yuksak baholandi. O‘zbekiston bu borada qo‘shni davlatlardan ancha oldinda ekani e’tirof etildi.

Konferensiya ishi ikki kun davom etdi. Birinchi kuni mutaxassislar tomonidan tajovuzkor ekstremizm va unga qarshi kurash chora-tadbirlari, milliy xavfsizlik, diniy erkinlik, din va fuqarolik jamiyati, barqaror hamda demokratik Markaziy Osiyo mamlakatlarining diniy sohada olib borayotgan siyosati, ko‘p millatli hamda ko‘p dinli jamiyatda konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish sohasida o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, diniy erkinlik sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, turli din vakillari o‘rtasida o‘zaro ishonch hamda hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash kabi dolzarb va muhim masalalar muhokama qilindi.

8 sentabr kuni konferensiyaning yakuniy qismi bo‘lib o‘tdi. Unda ilmiy-amaliy ma’ruzalar sarhisob qilinib, e’tiqod erkinligi hamda dinlararo muloqotni ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi, shuningdek, kelgusidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.   

Mazkur konferensiya turli din vakillari e’tiqod erkinligini yanada mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini xalqaro miqyosda yanada faol targ‘ib etishda katta ko‘mak berishi shubhasiz.

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry