20.05.2021
308

Xalqaro hamjamiyat O‘zbekistonning ISHID tarkibidan ayollar va bolalarni qaytarganini olqishlamoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning Yaqin Sharqdagi ISHIDga qo‘shilgan o‘zbek ayollari va ularning farzandlarini qaytarish amaliyotini olqishladi. Shu bilan birga, ISHIDning Suriya va Iroqda qayta tiklanishini kamaytirish uchun O‘zbekiston tajribasiga ergashishlari maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Бу ҳақда (https://kun.uz/96105195) VOA – Amerika ovozi yozmoqda.

«Ular ajoyib ishni amalga oshirishdi», - degan AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum.

Maqolada eslatilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi hukumat 2019 yilda Suriya shimoli-sharqida jangovar harakatlarda ishtirok etmagan vatandoshlarni qaytarish bo‘yicha «Mehr» amaliyotini o‘tkazishni boshlagan edi. 2019 yil may oyidan buyon 2 yil mobaynidja 435 ayol va bolalar, nafaqat Suriyadan, balki Iroq va Afg‘onistondan ham vatanga qaytarildi. Ularning 343 nafari 1-15 yoshdagi voyaga yetmagan bolalardir.

BMTning O‘zbekistondagi koordinatori Helena Freyzerning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning «maqtovga sazovor tajribasi va hamkorligi» dunyoning 56 mamlakatining 10 mingga yaqin fuqarolarini Suriyadagi ISHID tarkibidan qaytarishda namuna bo‘la oladi.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry