30.08.2022
172

Ham ulug‘ bobomizga ehtirom, ham ilmga rag‘bat

Ulug‘ olim Imom Qastaloniy bunday degan: “Imom Buxoriy asarlari quyosh yetgan joygacha yetib bordi. Dunyoning hamma yerini egalladi. Uning fazlini hech kim inkor qilolmaydi. Asarlarining eng ulug‘i – “Jomi-us sahih”dir”.

Darhaqiqat, butun islom olami o‘n ikki asrdan ziyod vaqt davomida “Sahih-ul Buxoriy”ni Qur’oni karimdan keyingi eng moʻtabar manba sifatida e’tirof etib, buyuk muhaddis bobomizni e’zozlab keladi.

Shu ma’noda, Prezidentimizning 15-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining “Imom Buxoriy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuniga imzo chekkani xalqimiz qalbiga alohida surur va mamnuniyat baxsh etdi. Yurtimizda, garchi maqbarasi atrofi obodonlashtirilib, nomidagi majmuada ulkan rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan bo‘lsa-da, ushbu buyuk zot nomi bilan ataluvchi, yosh avlodni ilmga rag‘batlantirishga xizmat qiluvchi davlat mukofoti shu paytgacha ta’sis etilmagandi. 

Bugun mamlakatimizda ko‘plab Qur’on hofizlari, hadis ilmi bilimdonlari, faqihlar yetishib chiqmoqda. Xo‘sh, ularning xalq va davlat oldidagi xizmatlari, ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi nima bilan taqdirlanishi mumkin edi?! Endi biz, islom ilmlarini taraqqiy ettirayotgan, turli oqimlarga qarshi munosib raddiyalar berayotgan, g‘oyaviy buzg‘unchilarni ro‘yirost fosh etayotgan, islom ma’rifati orqali odamlarning ma’naviy dunyosini boyitayotgan, mana shunday xizmatlari bilan ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga ulush qo‘shayotgan olim-u ulamo, davlat va jamoat arboblarini tom ma’noda munosib mukofot bilan taqdirlay oladigan bo‘ldik.

Yangi Qonunga muvofiq, ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom ma’rifati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarimizning hayoti hamda ilmiy merosini o‘rganish, xalqaro maydonda keng targ‘ib qilishda katta yutuqlarga erishgan xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, parlamentlari vakillari, xalqaro tashkilotlar xodimlari, diplomatlar, shuningdek, chet ellik atoqli arbob va olimlar ham “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan rag‘batlantiriladi. Natijada o‘zaro hamkorligimiz yanada yuksaladi.

Ushbu davlat mukofoti mamlakatimizda buyuk muhaddis bobomiz xotirasini ulug‘lash, bebaho ilmiy merosini keng o‘rganish va hayotga tatbiq etish, ilm-fanni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu orqali ulug‘ ajdodimiz pok ruhi oldida yuzimiz yanada yorug‘ bo‘ladi.

Shovosil ZIYODOV,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori

Manba: “Xalq so‘zi” gazetasi 2022-yil 21-avgust, 181-son

Qo‘shimcha malumot

Ortga surmang
Keyinga qoldirish shayton qo‘llagan yo‘l hisoblanib, u bu bilan musulmonni yo‘ldan ozdirishni maqsad qiladi. Chunki shayton mo‘minni dindan voz kechtirolmasligini,...
Hastimom Abu Bakr Qaffol Shoshiy – mehr-saxovat sohibi
Ko‘hna Toshkentning Sebzor dahasidagi Hazrati Imom (Hastimom) ziyoratgohi poytaxtning bosh yodgorlik majmualaridan biri sanaladi. Mazkur joy atamasi shu yerdagi asosiy...
Sof e’tiqod dushmanlari
Tinchlik, millatlar va dinlararo bag‘rikenglik, Vatanni ardoqlash, oilani muqaddas sanash kabi g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi dinimiz nomiga dog‘ tushirgan, butun dunyo...

Izoh qoldirish

Izohlar

30.08.2022 18:26
Savol boridi
30.08.2022 18:25
Assalomu alaykum!!!
Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry