22.08.2022
507

Kim Baytullohga kirsa, yaxshiliklarga kiribdi

Ka’bai muazzama – musulmonlar qiblasi, qalblar qayta-qayta talpinuvchi muqaddas shior, haj va umrada ziyorat etiladigan tavofgoh, odamlarga muborak, olamlarga hidoyat qilib qo‘yilgan yer yuzidagi birinchi uy.
Uning Baytulloh (Allohning uyi), Xonai Ka’ba (Ka’ba uyi), Baytul-Atiyq (Qadimiy uy), Qibla (ibodatda yuzlanadigan taraf) kabi nomlari bor.

Ka’bai muazzama yettinchi osmondagi farishtalar to‘xtovsiz tavof qiladigan Baytul Ma’murning soyasidagi bir muqaddas makon bo‘lib, uni ulug‘lash qalbning taqvosi sanaladi. Bu haqda Alloh taolo bunday marhamat qiladi: "Kim Allohning shiorlarini ulug‘lasa, bas, albatta, bu, qalblarning taqvosidandir" (Haj surasi, 32-oyat).

Ka’ba ichida namoz o‘qish va duolar qilishning ajr-mukofoti hamda savobi ulug‘ bo‘lib, bunga to‘rt mazhab imomlari yakdil tarzda ittifoq qilganlar. Bu haqda Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:“Kim Baytullohga kirsa, savobga kiribdi. Gunohdan va mag‘firat qilingan holda chiqibdi”, dedilar (Imom Bayhaqiy, Imom Tabaroniy rivoyati).

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda Nabiy alayhissalom:“Kim Ka’ba ichiga kirib, unda namoz o‘qisa gunohlaridan (xuddi) onasidan tug‘ilgan kunidek (pok) bo‘lib chiqadi”, deganlar (Imom Fokihiy rivoyati).

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry