16.08.2022
270

Turkiya Respublikasi Islom tafakkuri institutida malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Turkiya Respublikasi Islom tafakkuri institutida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari uchun tashkil qilingan malaka oshirish kurslari davom etmoqda. Jumladan, 2022 yil 11 avgust kuni Anqara universiteti Din ishlari Oliy kengashi raisi doktor Ekrem Kelesh “Zamonaviy islom huquqi va fatvolar”, Anqara universiteti Ilohiyot fakulteti professori, doktor Shabon Ali Do‘zgun“Moturidiylik ta’limotining o‘ziga xos xususiyatlari”, Boyazid Yildirim universiteti Islom ilmlari fakulteti professori, doktor Ahmad Yildirim“Tasavvufda hadislarning ahamiyati” mavzularida ma’ruzalar o‘qidi.

Shu kunning o‘zida o‘zbekistonlik tadqiqotchilar Boyazid Yildirim universiteti Islom ilmlari fakultetiga tashrif buyurib, fakultet dekani professor, doktor Mehmet Yunal hamda boshqa professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari, O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish kabi masalalar muhokama qilindi. Mazkur universitet huzuridagi Islom ilmlari amaliy va tadqiqotlar markazi direktori doktor Aytach Aydin bilan ham suhbat tashkil qilindi.

2022 yil 12 avgust kuni Istanbul universiteti Ilohiyot fakulteti professori, doktor Murtazo Bedir“Usulul fihq tarixi: hanafiylik olimlari silsilasi” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada movarounnahrlik faqihlarning fiqh ilmi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shu kunning o‘zida o‘zbekistonlik tadqiqotchilar Anqara Millat kutubxonasiga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan zamonaviy nashr va qo‘lyozmalar bilan yaqindan tanishdilar. 

2022 yil 13 avgust kuni Konya  shahriga ziyorat tashkil qilindi. Tashrif davomida yurtdoshlarimiz shaharning diqqatga sazovor joylari, jumladan, “Alouddin” jome masjidi, Saljuq muftiyati “Iqror” yoshlar markazi, Mavlono Jaloliddin Rumiy maqbarasida ham bo‘ldilar. Xususan, allomaning “Masnaviyi Ma’naviy” asarining asl nusxasi, shuningdek, boshqa asarlarining qo‘lyozma nusxalari bilan yaqindan tanishdilar.

2022 yil 15 avgust kuni tadqiqotchilar uchun Islom tafakkuri instituti direktori Mehmet Go‘rmez tomonidan “Islom tafakkuri va tavhid ilmini tushunish”, professor doktor Najdet Subasi tomonidan “Ilmiy tadqiqot olib borish metodologiyasi” mavzularida ma’ruzalar taqdim qilindi. Shu kunning o‘zida tadqiqotchilar Anqara universiteti Ilohiyot fakultetiga tashrif buyurib, fakultet dekani professor, doktor Shoml Dog‘chi bilan uchrashdilar. Suhbat davomida O‘zbekiston hududidan yetishib chiqqan olimlarning jahon ilm-fani va islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasi, bugungi kunda O‘zbekistonda bunday allomalarni yetishib chiqishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. 

 

 

 

 

 

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry