18.05.2021
296

Indoneziya axborot agentligi: O‘zbekiston islom sivilizasiyasi markazi ekanini inkor etib bo‘lmaydi

Indoneziya siyosiy axborot agentligining yangiliklar saytida O‘zbekistonning boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosi, o‘zbek xalqining buyuk ajdodlarining jahon ilm-fani va islom sivilizasiyasi rivojiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan maqola chop etildi.

Maqola muallifi Sara Meyliana Gunavan O‘zbekiston islom sivilizasiyasi markazlaridan biri sifatida tanilganini ta’kidlaydi. Bu yerda nomlari butun dunyoga dong‘i ketgan ko‘plab taniqli islom arboblari va olimlari tug‘ilgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 810 yilda Buxoroda tug‘ilgan mashhur hadisshunos olimdir. Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi Samarqandda joylashgan. Undan tashqari islom dunyosida aslida kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan buyuk zotlarning uzun ro‘yxati ham bor.

Muhammad Al-Xorazmiyning ixtirolaridan biri - algebra hali ham butun dunyoda keng qo‘llanilmoqda. U 780 yilda butun dunyoga mashhur Xorazmda tug‘ilgan.
Yana bir ko‘zga ko‘ringan musulmon olimi, zamonaviy tibbiyotning otasi Ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan bo‘lib, u ham zamonaviy O‘zbekiston hududida joylashgan.

Boy ilmiy merosga ega buyuk allomalarning nomlari O‘zbekiston haqiqatdan ham islom sivilizasiyasining markazi ekanligi inkor etib bo‘lmas dalillardan biridir.

 

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry