05.08.2022
593

IMOM MOTURIDIYNING «TA’VILOT AHL AS-SUNNA» ASARIDA JOY NOMLARI (MAKKA VA MADINAGA OID SO‘ZLAR TAHLILI)

    Qur’oni karimda 60 dan ortiq O‘rinda joy nomlari zikr qilib O‘tilgan. Zikr qilingan joy nomlari asosan hozirgi Arabiston yarim oroli, Misr va Shom O‘lkalariga tO‘g‘ri keladi. Bu esa O‘sha joylarda kO‘p payg‘ambarlar O‘tganini va ularning faoliyatlari bilan bog‘liq ekanini kO‘rsatadi. Shuningdek, Qur’onda kelgan joy nomlarining ba’zilarining aniq geografik joyiga ishora qilinmagan. 

     Qur’ondagi joy nomlari kO‘p O‘rinlarda muayyan payg‘ambar bilan bog‘liq bO‘lsa-da, ba’zi O‘rinlarda payg‘ambar bO‘lmagan va qaysi davrda yashagan ekani ma’lum bO‘lmagan shaxslar  bilan ham bog‘liq holda zikr qilingan. 

     Shuni ham alohida ta’kidlab O‘tish lozimki, Qur’oni karimda ba’zi joylar aniq kO‘rsatilmagan bO‘lgani uchun tafsirlarda ularni turlicha joylar ekaniga ishora qilingan. Bu esa mufassirlar orasida ba’zi ixtiloflar borligini kO‘rsatadi. 

     Mazkur maqolada asosan Makka va Madina bilan bog‘liq joy nomlari borasida imom Moturidiy O‘z tafsiri bO‘lmish «Ta’vilot ahl as-sunna» asarida qanday fikrlar berib O‘tganini O‘rganishga bag‘ishlangan. 

   Makka (arab. مكة) musulmonlarning muqaddas shahri hisoblanib, Arabiston yarim orolining Hijoz mintaqasida, tog‘lar orasida, hozirda Saudiya Arabistonida joylashgan. Makkada Ka’ba va Masjidul harom joylashgan. Bu shaharda Muhammad (s.a.v.) tug‘ilganlar. Bu shahar Ibrohim (a.s.) O‘g‘illari Ismoil (a.s.) va ayollari Hojarni qoldirib ketganlaridan keyin, ularga Jurhum qabilasi kelib qO‘shiladi va u yerda odamlar yashay boshlaydilar. Haj va umra amallari Makka va uning atrofidagi joylarda amalga oshiriladi. Qur’oni karimning 86 surasi shu yerda nozil bO‘lgan. 

   «Makka» sO‘zi Qur’oni karimning Fath surasida zikr qilingan. Oyatda «U (Alloh) Makkaning ichkarisida (kechgan jangda) ularning (Makka mushriklarining) ustidansizlarni g‘alaba qildirganidan keyin ularning qO‘llarini sizlardan, sizlarning qO‘llaringizni ulardan tO‘sgan (jangni tO‘xtatgan) zotdir» (Fath, 24), deyilgan. Bu oyatdagi «Makka ichkarisi» – Makka shahri yoki Hudaybiya vodiysi ekanida ixtilof bor. Bu yerdagi g‘alaba ham Makka fathi yoki Hudaybiya sulhi bO‘lishi mumkin[1]. Imom Moturidiy ham «Makkaning ichkarisida» iborasi borasida aniq fikr bildirmay, O‘zidan oldin O‘tgan olimlarning fikrlarini berish bilan cheklangan.

    Qur’oni karimda Makka Bakka (Oli Imron, 96), Ummul quro (An’om, 92, ShO‘ro, 7), al-Balad (Ibrohim, 35, Balad, 1-2), al-Balad al-amin (Tin, 3), Haroman aminan (Qasos, 57), Vadin g‘oyri zi zarin (ekin O‘smaydigan vodiy) (Ibrohim, 37), Ma’od (qaytish joyi) (Qasas,85), Qorya (Muhammad, 13) nomlar bilan ham zikr qilingan. Shuningdek, manbalarda boshqa nomlar ham zikr qilingan. 

     Makka nomlaridan bO‘lgan “bakka” (arab. taqillatib O‘tmoq) (Oli Imron, 96) sO‘zi ham Qur’oni karimda tilga olingan bO‘lsa-da, imom Moturidiy bu joy nomini berishda O‘zlaridan oldingi olimlarning «qiyl», ya’ni gaplarini keltirish bilan cheklanganlar. 

      Makkaning yana bir nomi «Ummul quro» (arab. shaharlar onasi, Makka) bO‘lib, Qur’oni karimning ikki oyatida ishlatilgan: «... Ummul quro (deb atalmish Makka ahli)ni ...» (An’om, 92) va «(Barcha) shaharlar onasi (Makka ahlini)» (ShO‘ro, 7). Imom Moturidiy bu iborani sharhida birinchi yaratilgan joy ekanini yoki haj qilinadigan va barcha shaharlardan O‘sha yerga qarab namoz O‘qilishiga ishora borligini keltiradi [2]. 

     “Balad” (arab. shahar, davlat, yurt, O‘lka, diyor) sO‘zi ham Qur’onda kO‘p O‘rinlarda turli ma’nolarda zikr qilingan. Ba’zan muayyan joyni, ba’zan umumiy ma’noda kelgan. Shu bilan birga bu sO‘z Makkaga ishora qilgan O‘rinlar ham bor: «...Bu shaharni (ya’ni, Makkani) tinch qilgin...» (Ibrohim, 35), «(Ey, Muhammad!) Mana shu shahar (Makka) bilan qasamyod eturman...» (Balad, 1-2), «Mana shu tinch-osoyishta shahar (Makka) bilanki» (Tin, 3), «Eslang, Ibrohim: «Ey, Rabbim, buni (Makkani) tinchlik shahri qilgin» (Baqara, 126), «Men mana shu shaharning (Makkaning) Parvardigorigagina ibodat qilishga buyurilgandirman» (Naml, 91). Imom Moturidiy Makkaning O‘rnini kO‘rsatib, hatto mushriklar ham bu shaharni ulug‘lashlari haqidagi ma’lumotlarni berib O‘tadi[3].

     «Vadin g‘oyri zi zarin» (ekin O‘smaydigan vodiy) (Ibrohim, 37) oyati xususida, ushbu vodiyda ibodatdan mashg‘ul qiladigan narsa yO‘q ekani, chunki ziroat va boshqa ne’matlar insonni Allohga ibodat qilishdan tO‘sishini, aytadi [4]. 

      Qasos surasi 85-oyatidagi «ma’od» (qaytish joyi) sO‘zining tafsirida ham imom Moturidiy O‘zidan oldin O‘tgan olimlarning sO‘zlarini keltirib O‘tadi hamda O‘zining fikrini ham beradi. Jumladan, «ba’zilar (Ma’odni) Makka deydilar, chunki kishilar bu joyga qayta-qayta kelishadi... chunki Jabroil (a.s.) bu oyatni Rasulullohning Makkaga fotih sifatida qaytishlariga ishora qilganini...» ham aytib, bu ta’vil ekanini keltiradi[5].

      Islomda ikkinchi muqaddas shahar bu Madina bO‘lib, qadimda, ya’ni Rasululloh (s.a.v.) borishlaridan oldin Yasrib deb nomlangan. Qur’oni karimning O‘n tO‘rt O‘rnida Madina sO‘zi ishlatilgan bO‘lsa-da, tO‘rt O‘rindagina Madina shahri nazarda tutilgan. 

     Madina musulmonlarning birinchi poytaxti. «Madinatun Nabiy» yoki «Madinatur Rasululloh», ya’ni «Payg‘ambar shahri», «Madinai munavvara», «Dorul hijra», «Dorus sunna» kabi va boshqa nomlari bilan ham ataladi. Manbalarda Madinaning 99 ta nomi bor ekani aytilgan. 

    «Tevaragingizdagi a’robiylar va Madina aholisi ichida munofiqlar bor. (Ular) nifoqda bardavomdirlar» (Tavba, 101). Bu oyatda Madina va uning atrofida munofiqlar borligi aytilmoqda. Madina atrofi ham aytilgan bO‘lib Asad, G’atafon, Juhayna, Aslam, Ashja’, G’ifor qabilalari joylashgan edi. «Madina aholisi va ularning tevaragidagi a’robiylar uchun Allohning Rasulidan qolishlari va undan kechib, O‘zlari bilan mashg‘ul bO‘lishlari joiz emas edi» (Tavba, 120), «Qasamki, agar munofiqlar, dillarida buzuqlik bO‘lgan kimsalar va Madinada mish-mish tarqatib yuruvchilar (O‘z qilmishlaridan) tiyilmasalar, albatta, Biz Sizni ularga qarshi qO‘zg‘aturmiz, sO‘ngra ular (Madinada) ozchilikdan boshqasi Siz bilan yonma-yon tura olmay qolurlar» (Ahzob, 60). Madina shahri nazarda tutilgan oyatlarning barchasi munofiqlar bilan bog‘liq bO‘lib, bu borada Rasululloh (s.a.v.) ogohlantirilganlar. Keyingi oyatda munofiqlarning sO‘zlari keltirilgan: «Ular: «Qasamki, agar (Bani Mustaliq jangidan) Madinaga qaytsak, albatta, kuchlilar kuchsizlarni undan (haydab) chiqarur», – derlar» (Munofiqun, 8). Bu oyat madinalik munofiqlar, jangdan qaytib kelayotgan musulmonlar orasidagi muhojirlarni shaharga kiritmaslik hiylasini oshkor qilgan. Bu fitna ishlariga Abdulloh ibn Ubay boshchilik qilgan. Ammo ish munofiqlar O‘ylagandek bO‘lib chiqmadi. Aksincha, munofiqlarning zarariga ishlagan.

     Islomdan oldin Madina Yasrib deb atalgan va Qur’oni karimning bir joyida tilga olingan: «O‘shanda ulardan bir toifasi dedi: «Ey, Yasrib (Madina) ahli! Sizlar uchun (bu qadar kO‘p sonli yovga qarshi) turish imkoni yO‘qdir…» (Ahzob, 13), deyilgan. Imom Moturidiy bu O‘rinda “Yasrib” sO‘zini Rasululloh (s.a.v.)ning ishlatishni xush kO‘maganlari va uning O‘rniga “Toba” sO‘zi ishlatish kerak ekanini aytganlarini keltiradi [6]. 

     Qur’oni karimda Madina va Yasrib sO‘zlari uchragani va boshqa ishora qiluvchi sO‘z kelmagani uchun imom Moturidiy bu ikki sO‘z borasida qO‘shimcha fikr bermagan. 

      Xulosa qilib aytganda, Imom Moturidiy kO‘p O‘rinlarda O‘zidan avval O‘tgan olimlarning fikrlarini keltiradi va ularni «qiyla» deb zikr qiladi. Imom Moturidiy Qur’onda aniq holda zikr qilingan joy nomlarini ortiqcha sharhlamaydi yoki qisqa ma’lumot berish bilan cheklangan. Ammo joy nomlari aniq aytilmagan bO‘lsa yoki ishora qilingan bO‘lsa, uning aniq joyini berishga harakat qilgan. Shu bilan birga, O‘zi ta’vil qilib, aytgan qarashlarini keltirganini O‘rganish mumkin. Shu bilan birga, geografik joy nomlari haqida aytilgan hadislarni ham keltirishi diqqatga sazovor.

Doniyor Muratov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
«Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini O‘rganish
 ICESCO» kafedrasi dotsenti (PhD)

[1] Sa’d ibn Abdulloh. Mu’jam al-amkina al-varid zikruha fi-l-Qur’ani al-karim. – ar-Riyoz; 2003, – B. 381.
[2] Moturidiy Abu Mansur. Ta’vilot ahl as-sunna. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 2005. – T. 4. – B. 172.
[3] Moturidiy Abu Mansur. Ta’vilot ahl as-sunna. – Bayrut: Dor al-kutub al -ilmiya, 2005. – T. 6. – B. 399.
[4] Moturidiy Abu Mansur. Ta’vilot ahl as-sunna. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 2005. – T. 6. – B. 404.
[5] Moturidiy Abu Mansur. Ta’vilot ahl as-sunna. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 2005. – T. 8. – B. 204-205.
[6] Moturidiy Abu Mansur. Ta’vilot ahl as-sunna. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 2005. – T. 8. – B. 362

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry