03.08.2022
293

SABR IMONDANDIR

«Ular (mushriklar) aytayotgan so‘zlarga sabr qiling hamda ularni chiroyli tarzda tark eting!» (Muz-zammil surasi, 10-oyat). 

Mufassirlar mazkur oyatning tafsiri borasida bunday deganlar: «Ular sizni yolg‘onga chiqarishlariga sabr qiling. Zero, oyat davomida: “(Sizni) yolg‘onga chiqaruvchi (o‘sha) ne’mat ahlini Menga qo‘yib bering!” deyilib, (Rasulullohni) yolg‘onchiga chiqarilishiga sabr qilishga amr etildilar. Shuningdek, oyat (ma’nosi) yolg‘onchiga chiqarish hamda boshqa aziyatlarga ham qaratilgan bo‘lishi mumkin. Chunki ular Rasulullohni yolg‘onchiga chiqarish bilan cheklanib qolmay, u zotni ba’zan yolg‘onchi, ba’zan sehrgar, ba’zan majnun, ba’zan esa yetim deyishar edi. Xullas, ular Payg‘ambarimizga turli aziyatlar yetkazishardi. Alloh taoloning “Ular (mushriklar) aytayotgan so‘zlarga sabr qiling” oyati yuqoridagi ma’nolarning barchasini anglatadi. 

Alloh taolo Rasulullohni mushriklarning aziyatiga sabr qilishga chaqirdi. Sabr buyrug‘i quyidagi uch ko‘rinishda amalga oshadi: birinchisi, sizni yolg‘onchiga chiqarganliklari sababli siz ham ularni yolg‘onchiga chiqarmang; (ikkinchisi) ulardan qo‘rqib xavfsiramang. Xavfsirash mushriklarga tasalli beradi va ular bundan mamnun bo‘ladilar; (uchinchisi) ularga halokat va o‘lim so‘rab duo qilmang, balki sabr qiling! 

Ular (mushriklar) aytayotgan so‘zlarga sabr qiling hamda ularni chiroyli tarzda tark eting!”. Yolg‘onchilik va johillik bilan tahqirlashni sog‘lom aql va tabiat ko‘tarmaydi. Hatto yolg‘onchiga ham: “Sen yolg‘onchisan”, deyilsa, g‘azabnok bo‘ladi va uni o‘ziga singdira olmaydi. Shuningdek, biror kishini “johil” deb atash ham og‘ir botadi. Modomiki, noqis aql va nomukammal tabiatli kishilarga “yolg‘onchi” degan nisbatni berish yoqmas ekan, sof aql va salomat tabiat sohibi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga “yolg‘onchilik” nisbatini berish og‘ir botishi va undan mahzun bo‘lishlari tabiiydir. «Rabbingiz uchungina sabr qiling!» (Muddassir surasi, 7-oyat). 

Demak, ushbu oyatda xolis Alloh taolo uchun sabr qilishga va shunda sodiq bo‘lishga chaqiriq bor.

“Ta'vilot”dan durdonalar

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry