30.07.2022
329

Nega 50 daraja issiq bo‘lishiga qaramay Masjidul Harom hovlisi qizib ketmaydi?

Makkadagi Masjidul Haromni ziyorat qilgan har bir kishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushishi va harorat Selsiy bo‘yicha 50 darajagacha qizishiga qaramay, yerning sovuqligiga qoyil qoladi, buning siri nimada?

Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘nlab yillar davomida Makkadagi Masjidul Harom uchun yorug‘lik va issiqlikni aks ettirish uchun ishlatiladigan mashhur yunon Tassos marmarini import qiladi, boshqa hech qanday granit va marmar bunday xususiyatga ega emas.

Tassos marmarlari kamdan-kam uchraydi va Gretsiya tog‘laridan biridan keltiriladi, bu esa Baytulloh polini sovuq holda tutib turadi.

Marmar Gretsiyaning shimolida joylashgan Tassos orolida qazib olinadi va uning maydoni 380 kvadrat metrdan oshmaydi.

Marmarning qalinligi 5 santimetrga yetadi; u o‘zining kristalli oq rangi bilan ajralib turishi bilan birga, eng sof va eng qattiq tabiiy toshlardan biri hisoblanadi. Marmarning asosiy xususiyati, u kechasi mayda teshiklar orqali havodan namlikni so‘rib oladi va kunduzi uni chiqaradi.

Qirollik marmarni ulkan tosh bo‘laklari ko‘rinishida import qiladi va u Saudiyaning xususiy zavodlarida malakali mutaxassislar nazorati ostida qayta ishlanadi.

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry