30.07.2022
6166

2022 yil 30 iyul kuni hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1444 yil kirib keldi

Dunyo mamlakatlari turli taqvimlarda yil, oy, kun hisobini yuritadi. Eng keng tarqalgani – milodiy deb ataladigan Grigorian taqvimi. Xitoy taqvimi, KXDR taqvimi, Isroilning ham bir necha ming yillik taqvimi va hakozolar. Islom mamlakatlarida hijriy-qamariy va hijriy-shamsiy (milodiy taqvim muqobili) taqvimlar mavjud.

Ma’lumot o‘rnida, ko‘plab islom mamlakatlarida amal qilinadigan hijriy-qamariy taqvim oyning falakdagi harakatiga asoslanadi. Hilol (yangi oy) ko‘ringandan keyingi kun yangi oyning birinchi kuni hisoblanadi. Hijriy-qamariy oylar 29 yoki 30 kun bo‘ladi. Shu sababli hijriy-qamariy yil 354-355 kun bo‘lib, milodiy yildan 10-11 kun kam bo‘ladi.

Hijriy-qamariy taqvimning birinchi kuni Muharram oyining birinchi kunidan boshlanadi. Hijriy-qamariy yil bo‘yicha oylar tartibi quyidagichadir: Muharram, Safar, Rabiul avval, Rabiul oxir, Jumodul avval, Jumodul oxira, Rajab, Sha’bon, Ramazon, Shavvol, Zulqa’da, Zulhijja.

Oyning chiqishiga qarab, 2022 yil 30 iyul kuni hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1444 yil kirib keldi. Muharram oyi yangi yilning birinchi oyi hisoblanadi.

Umuman, islom mamlakatlarida qo‘llanib kelinadigan taqvim – hijriy-qamariy taqvimga qachon asos solingan? Undagi oylar hisobi qanday yuritiladi?

— Alloh taolo butun borliqni, jumladan insoniyatni ham tartib bilan yaratgan. Sababi, yaratilish jarayonlarining vaqt bilan o‘lchanganidir. Ya’ni, Alloh taolo Qur’oni Karimda olamni necha kunda yaratganining xabarini beradi. Albatta, u kunlarning biz istiqomat qilib turgan kunimizdan farqi bo‘lsa-da, vaqti tayin qilingandir.

Alloh subhanahu taolo Tavba surasining 36-oyatida butun borliqni yaratganida o‘zining huzurida oylarni 12ta qilib belgilaganini e’lon qiladi. Bu oylar bandaga yordamchi bo‘lib, umrini, vaqtini, ishlarini rejalashtirishda, hisoblashda lozimdir. Hayotning qadriga yetadi. Shu bois, insoniyat yillarning hisob-kitobga har doim muhtoj bo‘lgan.

Shu bois, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari Islom taqvimini joriy qilishga maslahat qilishgan va katta kelishuv bo‘lgan. Bunda hazrati Ali roziyallohu anhuning taklifini ko‘pchilik ma’qullagan. Takliflar orasida Payg‘ambarning tavalludi, vahiy nozil bo‘lgan sanalar birinchi yil sifatida olinishiga doir takliflar ham bo‘lgan.

“Ma’lumot o‘rnida: Hijriy-qamariy taqvimdan foydalanishga ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu davrida, ya’ni 16-hijriy yilning Rabiul avval oyida qaror qilingan va kelgusi 1-Muharram 17-hijriy yilning boshi deb hisoblangan. Hijriy-qamariy yilning boshlanishiga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Makkai mukarramadan Madinai munavvaraga hijrat qilgan sanalari asos qilib olingan. Bu milodiy 622 yilga to‘g‘ri keladi. «Hijriy» degan so‘z «hijrat (ko‘chish)ga tegishli», «qamariy» esa «oyga tegishli» degan ma’noni bildiradi”.

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry