13.05.2021
284

Ramazon hayiti shukuhi xonadonlarimizni aslo tark etmasin


Barchamizning qalbimizga mehr-muruvvat, oliyjanoblik kabi chin insoniy fazilatlarni olib kelgan Ramazon oyi ham yakunlanib, xursandchilik, shodu hurramlik bayrami – Iyd al-fitrni ham nishonlamoqdamiz. Shu munosabat bilan Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Ramazon Hayiti” munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi. 
Yurtboshimiz o‘z tabrigida insoniyat uchun global ofat deb baholangan koronavirus pandemiyasi sinovini mardonavor yengib o‘tishda xalqimizning hamjihatligi hamda fidokorona mehnati muhim o‘rin tutganini alohida ta’kidlab o‘tdi. 
Darhaqiqat, pandemiya butun dunyo davlatlarining ijtimoiy, iqtisodiy sohalariga jiddiy tashvish tug‘dirdi. Bu kabi holatlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Davlat tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida fojeali oqibatlarning oldi olindi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qayd etish lozimki, shunday bir qiyin vaziyatda ham boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq bu yil masjidlarimizda ramazon oyi ibodatlari emin-erkin ado etildi. Shunday ulug‘ damlarda ushbu baloni xalqimizdan to‘la arishini Parvardigordan tilab qolamiz.
Yangi O‘zbekistonda jamiyat hayotining barcha sohalarida bo‘lgani kabi, diniy-ma’rifiy sohada ham tub islohotlar, yangidan-yangi o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekistondagi islom sivilizasiyasi, Imom Termiziy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Mir Arab oliy madrasasi, Samarqandda kalom va hadis, Buxoroda tasavvuf, Qashqadaryoda “Abu Mu’in an-Nasafiy” nomidagi aqida ilmiy maktablarining tashkil etildi. Bu bilan O‘zbekiston dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini alohida o‘rganish, muqaddas dinimizning asl insonparvarlik va tinchlikparvarlik mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish borasida salmoqli qadam tashlaganini ma’lum qildi.
So‘nggi yillarda, Suzuk Ota, Uvays Qaraniy kabi avliyo zotlar ziyoratgohlari qayta tiklandi. “Muhaddislar sultoni” nomi bilan islom olamiga mashhur bo‘lgan Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. Ta’kidlash kerakki, Ramazon oyida bunday xayrli ishlarga asos qo‘yilishida o‘ziga xos “tabarruk” xislatni anglash mumkin.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida hozirda Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar va boshqa sohalar bo‘yicha bakalavr, magistrlar va ilmiy darajali mutaxassislar tayyorlanmoqda. Albatta, bu kabi ta’lim dargohining ochilishi islomshunoslik rivojiga sezilarli hissa bo‘lib qo‘shildi. So‘nggi 3 yil ichida Akademiyada 33 nafar fan doktori va falsafa doktorlari himoyalari amalga oshirildi.
Bundan tashqari “Islom ensiklopediyasi” 1-jildining nashr etilishi yurtimizning islom sivilizasiyasi rivojidagi yuksak o‘rni va ahamiyatini ilmiy asosda chuqur o‘rganish hamda xalqimizga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. 2018-2028 yillar mobaynida ensiklopediyaning 20 jildini chop etish, unda 50 mingdan ortiq maqola, xarita va chizmalar kiritilishi rejalashtirilgan. 
Buyuk mutafakkir ajdodimiz, moturidiylik ta’limoti asoschisi imom Abu Mansur Moturidiy va uning izdoshlari merosini chuqur o‘rganish, ularning aqida va kalom ilmi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini tadqiq etish va keng targ‘ib qilish maqsadida 2020 yil 
11 avgustda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.
Markaz oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, hozirgacha 20 dan ortiq ilmiy va ommabop tarjima va risolalar, 100 dan ortiq video va audioroliklar tayyorladi. Markazning ijtimoiy tarmoqlarida ma’rifiy ma’lumotlar muntazam ravishda qo‘yib borilmoqda. Biroq oldinda turgan vazifalar yanada ko‘pligini ham alohida ta’kidlash zarur.
So‘nggi yillarda yurtimizda ochilgan ilmiy markazlar xalqaro ilmiy jamoatchilikning e’tiborini tortgan. Jumladan, Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi Bosh kotibi Nazir Ayyad, Turkiya Islom tafakkuri instituti direktori Mehmet Go‘rmez, Turkiyaning Saljuq, Anqara universitetlari,  Malayziyaning islomni anglash instituti, Germaniyaning Myunster universiteti Islom tadqiqotlari markazi, Parij Milliy ilmiy tadqiqotlar markazi, Qozog‘istonning Nur Muborak universiteti olim va mutaxassislari bunday muassasalarga alohida qiziqmoqdalar. 
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda ilm-fan va bebaho merosga bo‘lgan katta e’tibor uchinchi renessans tamal toshini qo‘yishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Prezidentimiz tabrigiga qo‘shilgan holda biz ham xalqimizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz hamda Yaratgandan millatimiz farovonligi, yurtimiz tinchlik va omonligi, ilu ma’rifatning yanada yuksalishini so‘rab qolamiz.


Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot 
markazi ilmiy kotibi Aziz Tadjiyev

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry