13.07.2022
331

MUFTIY HAZRATLARI: ALLOHGA SHUKR, HAJ AMALLARI SHARIATGA MUVOFIQ, GO‘ZAL ADO ETILDI

Joriy yil 12-iyul kuni Makka shahrida “Haj – 2022”ning delegatsiyasi, ishchi guruhi, shifokorlar va oshpazlar jamoalari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev qatnashdilar. 

Dastlab Muftiy hazratlari haj amallari shariatga muvofiq, chiroyli ado etilganini bildirib, Mino, Arafot, Muzdalifa, Jamarotdagi ibodatlar va qurbonliklar o‘z vaqtida bajarilganini alohida takidladilar. Buning uchun tinimsiz mehnat qilgan ishchi guruhi, shifokorlar jamoasi va oshpazlarga minnatdorlik izhor etdilar. Muftiy hazratlari hojiga ko‘mak bergan, og‘irini yengil qilgan inson ulug‘ savoblarga noil bo‘lishini so‘zladilar. Har bir ishchi guruhi va ellikboshilar ana shunday ulug‘ darajalarni maqsad qilib, Rahmonning mehmonlariga O‘zi rozi bo‘ladigan darajada sidqidildan xizmat qilganlarini alohida qayd etdilar.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev avvalgi haj mavsumiga nisbatan joriy yilgi kvota sezilarli darajada oshgani, umumiy ziyoratchilar soni 12 ming nafarni tashkil etgani, o‘z navbatida ushbu raqam mamnunlik bilan birga katta mas’uliyat yuklagani, o‘ylagandan-da ziyoda bo‘lganini bildirdi. Shuningdek, rais yurtimiz hojilari Islomning beshinchi farzini bajarish chog‘ida hukumatimizning ko‘magini, beqiyos g‘amxo‘rligini his qilib turganlari, Islom dinining beshinchi ruknini bajarish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilganini alohida qayd etdi.

Notiqlar qatorida so‘zga chiqqan O‘tkir Hasanboyev haj amallarini ado etish baxtiga muyassar bo‘lgan yurtdoshlarimiz muborak zaminda qolgan vaqtlarini ham mazmunli o‘tkazishlari, bu kunlarning har bir soniyasini g‘animat bilib, undan foyda olib qolishlari va ellikboshilar suhbatlarni davom ettirishlari darkorligini so‘zladi.

Hojilar va ularning yaqinlari, xususan, yosh qori-qoriyalar tomonidan xatmi Qur’on qilish jadal davom etayotgani, Kalomi sharif xatmonasidan hosil bo‘lgan savoblarni Yurt rahbari, Vatan obodligi va din rivojiga baxshida etayotganlari kishini xursand qilayotgani ta’kidlandi. Mana shunday xatmi Qur’onlarning yakuni, ushbu yig‘ilishda mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda ushbu ulug‘ safarning yuqori saviyada tashkil etilgani uchun barcha mutasaddilarning haqlariga duolar qilindi.

Muborak safarda erishilgan yaxshi natijalarning barchasi o‘lkamizda odamlarni rozi qilish yo‘lida olib borilayotgan xayrli ishlar mevasidir. Aholisi rozi yurtga Haq taolo ham ne’matlarini yog‘diradi, insha Alloh.

Manba: muslim.uz

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry