06.07.2022
511

YANGI NASHR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish, Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti davomchilari sanalgan olimlar haqida badiiy asarlar yaratish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi tomonidan “Imom Moturidiy” romani nashr etildi.

Luqmon Bo‘rixon qalamiga mansub ushbu romanda olis X asr boshlaridagi ko‘hna Samarqandning siyosiy-ijtimoiy, ma’rifiy hayotidan ayrim lavhalar o‘rin olgan. Yozuvchi Ulug‘ ajdodlarimizdan biri, mashhur alloma Abu Mansur Moturidiyning badiiy siymosini aks ettirishga urinadi. Asar dramatik voqealarga, qiziqarli, sermazmun bahs-munozaralarga boy bo‘lib, Moturiiy hazratlari haqidagi o‘zbek tilidagi ilk roman hisoblanadi. 

Ushbu kitob buyuk vatandoshimiz hayoti va sermazmun ijodi bilan yaqindan tanishishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry