12.05.2021
278

Turkiyadan munosabat: O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar butun musulmon dunyosida tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda

Turkiyaning Anqara universiteti Ilohiyot fakulteti professori So‘nmez Kutlu «Dunyo» AA muxbiriga O‘zbekistonda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

– O‘zbekiston tarixda bo‘lgani kabi bugungi kunda ham tamaddun  markazi hisoblanadi, – dedi u. – Yurtingiz tarixda Movarounnahr va Turkiston nomlari bilan mashhur bo‘lgan. Bu zamindan necha necha olimu ulamolar yetishib chiqdi. Ular qoldirgan ma’naviy meros jahon tamadduniga xizmat qilmoqda. O‘tmishda ushbu mintaqaga sayohat qilgan tarixchilar Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Xiva kabi shaharlarning mahobatini e’tirof etib, bu maskanlarni «islomning qubbasi» deya ta’riflagan.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston ushbu zamindagi muazzam ilm markazlarini qaytadan jonlantirish uchun muhim chora-tadbirlarni ko‘rmoqda. Xususan, so‘nggi besh yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda ushbu markazlarda o‘zbek olimlari diniy-ma’rifiy sohadagi izchil tadqiqotlar olib bormoqda. Ishonamanki, bu kabi ilm markazlarining amaliy muvaffaqiyati natijasida O‘zbekiston yana ilm-fan markaziga aylanadi – Uchinchi Renessans barpo etiladi. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida yurtingizdan yana moturidiylar, nasafiylar, samarqandiylar va buxoriylar yetishib chiqishiga ishonchim komil.

O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar butun musulmon dunyosida tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, O‘zbekiston va Turkiya olimlari o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatilayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Men ushbu sohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar uchun O‘zbekiston rahbariyatiga chuqur minnatdorlik bildirmoqchiman.

Fursatdan foydalanib, Ramazon hayiti munosabati bilan butun O‘zbekiston xalqini chin qalbdan tabriklayman.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry