01.07.2022
305

Al-Azharda “Imom Moturidiy merosi” nomli tanlov boshlangani e’lon qilindi

“Al-Azhar” majmuasi Islom tadqiqotlari akademiyasi “al-Azhar” oliygohi tadqiqotchi va talabalari orasida “Imom Moturidiy merosi” nomli tanlov boshlanganini e’lon qildi. Ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston va Misr davlatlari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda.

Islom tadqiqotlari akademiyasi bosh kotibi doktor Nazir Ayyod mazkur tanlov haqida fikr bildirib shunday ta’kidlaydi: “Tanlov islom olamining ulug‘ mutafakkiri va olimi Imom Moturidiyning hayoti hamda ilmiy merosini chuqur o‘rganish, moturidiylik maktabining paydo bo‘lish va shakllanish tarixini tadqiq qilish, dunyo kutubxonlarida saqlanayotgan moturidiylik ta’limoti bilan bog‘liq noyob qo‘lyozmalarni dunyoga tanitishga xizmat qiladi hamda Misr Arab Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ilmiy va madaniy sohalardagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishga yordam beradi”.

Tanlov “al-Azhar”da turli yo‘nalishlarda izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular Imom Moturidiyning ilmiy sohalardagi asarlari tarixi, moturidiylik ta’limoti shakllanishida “Doru-l-Iyoziya” va “Doru-l-Juzjoniya” maktablarining roli, moturidiylikda aqlning o‘rni, dunyoning mashhur kutubxonalarida saqlanayotgan “Ta’vilot al-Qur’on” asari qo‘lyozmalarining ilmiy sharhi, aqida sohasida moturidiylik ta’limotiga doir asarlarni o‘rganish kabi yo‘nalishlarni tadqiq qilgan holda ishtirok etishlari mumkin, deya qo‘shimcha qildi doktor Nazir Ayyod.

Tadqiqotlar joriy yilning 20-iyuliga qadar qabul qilinadi. Tanlov yakunida g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim qilish bilan bir qatorda O‘zbekistonga sayohatini tashkil etish ham rejalashtirilgan. 

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati


 

 

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry