01.07.2022
559

Birlashgan Arab Amirligida dunyodagi eng yirik kutubxona ish  faoliyatini boshladi

Dubay shahrida g‘aroyib ko‘rinishdagi inshootning tantanali ravishda ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu inshoot dunyodagi eng yirik kutubxona sifatida faoliyatini boshladi. Mazkur kutubxonani tashkil etishda BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri va Dubay amiri Muhammad bin Rashid Al-Maktumning shaxsan o‘zi rahbarlik qilgan. 

Kutubxona maydoni 55 000 m² bo‘lib, arab va xorij tillaridagi 1,1 million dona bosma va elektron kitoblar hamda 6 milliondan ortiq ilmiy ishlarni o‘z ichiga olgan 9 ta maxsus turdagi kutubxonalar jamlangan. Bundan tashqari, unda 500 ga yaqin noyob asarlar, 5000 ta ilmiy jurnalllar va 75 000 ta video formatdagi ilmiy axborot materiallari mavjud.     

Ta’kidlash lozimki, kutubxona binosi quyosh energiyasidan quvvatlanishi bilan birga unda suvni qayta ishlashga yordam beradigan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Bu esa binodagi suvni tejamkorlilik darajasini 50% ga oshirishga yordam beradi. 

Bundash tashqari, kutubxona uchun alohida kadrlar o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kelajakda bu yerga har bir tashrif buyuruvchining o‘zi istagan ma’lumotini olishga yordam beradigan chuqur bilimga ega bo’lgan xodimlarning ishlashi ta’minlangan. 

Eslatib o‘tish kerak, kutubxona qurilish ishlariga 260 mln. yevro atrofida pul sarflangan.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry