30.06.2022
538

G‘aflatda qolmang! Zulhijja oyining dastlabki o‘n kunligi va uning fazilatlari

Zulhijja so‘zi qanday ma’noni anglatadi? “Haj egasi” degan ma’noni bildiradi.

Zulhijja oyi qanday oy? Bu oy Alloh taolo urush, qon to‘kishni harom qilgan (Zulhijja, Zulqa’da, Muharram, Rajab) to‘rt oyning biri, hijriy-qamariy taqvimning oxirgi oyidir.

Zulhijja oyi qanday fazilatlarga ega? Haj ibodati ado etiladigan, qurbonlik qilinadigan, Arafa va Qurbon hayiti nishonlanadigan oy. Bu oyda, ayniqsa uning dastlabki o‘n kunida qilingan ibodatlar Alloh taolo uchun eng sevimli amallardan sanaladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Alloh dargohida Zulhijjaning o‘n kunidan afzal kun yo‘q”, deganlar (Imom Ibn Hibbon rivoyati)

Bu oyda tutilgan ro‘za ulug‘ ajrlarga musharraf etadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi o‘zidan avvalgi bir yil va o‘zidan keyingi bir yilning gunohlariga kafforat bo‘lishini Allohdan umid qilaman”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Zulhijja oyini Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qanday o‘tkazardilar?

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zulhijja oyining dastlabki to‘qqiz kunida, Ashuro kunida va har oydan uch kunda – oyning avvalgi dushanbasi bilan ikki payshanbasida – ro‘za tutardilar (Imom Ahmad rivoyati).

Nabiy sollallohu alayhi va sallam Alloh taoloni yanada ko‘proq zikr qilardilar va: “...Bu kunlarda tahlil (La ilaha illalloh Muhammadur Rasululloh), takbir (Allohu akbar) va tahmid (Alhamdulillah) aytishni ko‘paytiringlar!” derdilar (Imom Ahmad, Imom Bayhaqiy rivoyati).


 


                                                                                                      Manba:muslim.uz

 

 

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry