11.05.2021
549

Toshkent islom instituti va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Bugun, 2021 yil 10 may kuni Toshkent islom institutida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hodimlari va institut professor-o‘qituvchilari ishtirokida markaz faoliyati va istiqboldagi rejalari mavzuida ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 

Konferensiyada, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi, ilmiy tadqiqot olib borishning uslubiyatlari bo‘yicha master-klass tashkil etildi hamda markaz va TII o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

 

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori D.Maqsudov markazi va uning faoliyati haqida taqdimot qilib berdi. Taqdimotdan so‘ng Toshkent islom instituti va Moturidiya xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandum imzolandi.

 

Memorandumga ko‘ra markaz va institut o‘rtasidagi hamkorlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Aqida, islom falsafasi, manbalari, moturidiylik ta’limotini o‘rganish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Ilmiy axborot almashish va kutubxonalar o‘rtasida hamkorlik olib borish;
Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Akademik, ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish;
Qo‘shma ilmiy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar o‘tkazish;
Hamkorlik doirasida kitoblar, tadqiqot ishlari, davriy nashrlar va boshqalarni chop etishni yo‘lga qo‘yish;
Ilmiy tadqiqot ishlariga ilmiy rahbarlik bo‘yicha va ilmiy izlanishlarda tajriba almashish;
Moturidiylik jurnalida maqolalar chop etishda hamkorlik qilish.


Shu kabi amaliy ishlar natijasida markaz va institut o‘rtasidagi doimiy hamkorlik yuqori bosqichga chiqib, diniy-ma’rifiy sohadagi harakatlar ilmiy jihatdan yanada rivojlanadi. Toshkent islom instituti professor-o‘qituvchilari ham dolzarb mavzularda ilmiy-tadqiqotlar olib borib, institutning ilmiy tarkibini yaxshilab, diniy ta’lim tizimi salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry