15.06.2022
491

ABU HAFS NASAFIYNING USTOZLARI SHAJARASI

      Abu Hafs Nasafiyning fiqhdagi silsilasi ustozi Abul Yusr orqali Abu Hanifaga yetib boradi. Sharofiddin Gulchukning ta’kidlashicha, Abul Yusrning asarlari, asosan, shogirdi Abu Hafs Nasafiy vositasida boshqalarga tarqalgan.

    Abdulhay Laknaviyning ma’lum qilishicha, Nasafiyning ilmiy shajarasi Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadgacha borib taqaladi. Shu orqali Nasafiy hanafiy maktabi ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Bu ma’lumot Qur’on, hadis ijozalari fiqh ilmida ham mavjudligini tasdiqlaydi. Olimlar ijoza olishga va ilmiy silsilani avloddan avlodga o‘tishiga alohida e’tibor qaratganlar. Olimning Abu Hanifaga yetib boradigan silsilasi quyidagicha: Abu Hafs Nasafiy Pazdaviydan, u Abu Ya’qub Yusuf Yasoriydan, u Abu Ishoq Hokim Navqadiy (vaf. 434/1043 y.)dan, u Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Umar Abu Ja’far Hinduvoniy (vaf. 362/973 y.)dan, u Muhammad ibn Ahmad Abu Bakr Iskof (vaf. 333/945 y.), Abu Bakr A’mash Muhammad ibn Sa’id (vaf. 340/952 y.)lardan, ular A’mash Muhammad ibn Ahmad Abu Bakr Iskofdan, u Muhammad ibn Salama Abu Abdulloh (vaf. 278/891 y.)dan, u Abu Sulaymon Juzjoniy (vaf. 200/816 y.)dan, u Imom Muhammad (vaf. 189/805 y.)dan, u Abu Yusuf (113/731–182/798 yy.) bilan Imom Abu Hanifa (80/699–150/767 yy.)dan hanafiy fiqhi bo‘yicha dars berishga ruxsat olgan.

     Hinduvoniyga kelib silsila ikkiga bo‘linadi. Ulardan biri yuqorida bayon etildi. Ikkinchisi, uning ustozi Ahmad ibn Ismat Abu Qosim Saffor (vaf. 336/948 y.) bo‘lib, u Nusayr ibn Yahyodan, Nusayr ibn Yahyo (vaf. 268/882 y.), Abu Sulaymon Juzjoniy va Muhammad ibn Sammo’a (vaf. 223/838 y.)dan, Muhammad ibn Sammo’a Imom Muhammaddan va Imom Abu Yusufdan, u ikkisi esa, Abu Hanifadan dars olgan. 

      Demak, Abu Hafs Nasafiyning Abu Hanifaga yetib boradigan fiqhiy shajarasi o‘n beshinchi, Burhoniddin Marg‘inoniy (vaf. 593/1197 y.) esa o‘n oltinchi o‘rinda bo‘lgan. Bu ma’lumotlar Nasafiyning fiqhiy qarashlarini, kitoblarini tadqiq etish muhimligini ko‘rsatadi. Olim birinchilardan bo‘lib, hanafiy fiqhini nazmga solgan, Abu Hanifa bilan shogirdlari o‘rtasidagi ixtilofli masa lalarni birma-bir yoritib bergan va dastlabki fiqhiy ensiklopediya mualliflaridan hisoblanadi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i
Abdullatif Alloqulovning “ABU HAFS NASAFIY” RISOLASIDAN

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry