08.06.2022
280

MUFTIY HAZRAT XALQARO KONFERENSIYADA MUHIM TAKLIFLARNI ILGARI SURDILAR

7-iyun kuni Qohira shahrida boshlangan Islom olamida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan anjumanning ochilish marosimida Muftiy Nuriddin domla hazratlari hozirgi kundagi eng muhim masalalarni ilgari surdilar.
Nufuzli tadbir Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi. Ochilish marosimida Misr Arab Respublikasi muftiysi Shavqiy Allom kirish so‘zi bilan ochib, zamonaviy tahdidlarning oldini olish, xususan, adashgan toifalar g‘oyalariga qarshi kurashishda ulamolarning ittifoqligi muhimligiga urg‘u qaratdi.

 

Xalqaro konfrensiyaning ochilish marosimida Muftiy Nuriddin domla hazratlari so‘zga chiqib, bugungi davrda g‘oyaviy tahdidlarning oldini olish uchun bir qator dolzarb takliflarni olg‘a surdilar. Xususan, Ahli sunna val jamoa aqidasini musulmonlar orasida xalqchil tarzda keng tarqatish hamda diniy ilmlarni o‘rgatishda mo‘‘tadillik va o‘rtalik, “vasatiya”ga alohida ahamiyat berish lozimligi, shu bilan bir qatorda ekstremizmga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirib, ayniqsa, islomiy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularni yagona maqsad sari yo‘naltirish zarurligi to‘g‘risida takliflarni taqdim etdilar.

Mazkur arab tilida qilingan nutq va barcha uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy takliflar anjuman ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi. Ayniqsa, Yirik ulamolar kengashi a’zosi professor, Ali Juma, Bosniya va Gersogoviniya sobiq muftiysi Shayx Mustafo Ibrohim kabilar alohida e’tirof etdilar.

O’zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Manba: Muslim.uz

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry