03.06.2022
547

Ibn Nafis – kichik qon aylanish tizimi va yurak tuzilishi sirlari kashfiyotchisi

Ibn Nafisningto‘liq ismi Alauddin Abul Hasan Ali ibn Abu Xazm al-Qurayshiy ad-Dimashqiy (1210-1288 yillar) bo‘lib, u Damashq shahridan uzoq bo‘lmagan “Al-Qurayshiya” qishlog‘ida tavallud topgan olim bo‘lib, o‘rta asr islom olamida tibbiyot sohasidagi mashhur shaxslardan bo‘lgan. Ibn Nafis Damashqdagi tarixda birinchi tibbiyot oliygohlaridan biri sifatida tanilgan “Bemoriston an-Nuriy”da ta’lim olgan edi. Uning ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqi va iqtidori tufayli Qohiraning “Nosiriya” shifoxonasiga ishga taklif etiladi va bir necha yildan so‘ng shu shifoxonani boshqaradi. Keyinchalik esa Misrdagi Mamluklar davlati sultoni Beybars I ning “Xos tabibi” etib tayinlanadi.

Ushbu olimning dunyo tibbiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi sifatida odam organizmida kichik qon aylanish tizimini birinchilardan bo‘lib tadqiq qilgani e’tirof etiladi. Ibn Nafisga qadarqadimgi yunon olimlari Gippokrat, Galen va Aristotellar odamning qon aylanish tizimi bo‘yicha tadqiqotlar olib borishgan edi. Misol uchun, Gippokrat tahminiga ko‘ra inson yuragidagi qon aylanish jarayonida qon halqumdan keladigan havo natijasida sovutilishi yoki isitilish xususiyatiga ega bo‘ladi, deb qaralgan. Boshqa yunon olimlari Galen va Erasitrat  tadqiqotlarida odamning qon arteriyalarida ma’lum miqdorda havo bo‘lib, u insonning yuragiga borib, butun tanani quvvatlantiradi, degan nazariyalar mavjud bo‘lgan.

Ibn Nafis qadimgi yunon olimlari va boshqalarning ilmiy izlanishlarini o‘rgangan holda odam tanasidagi qon yurakdagi bo‘lmalarga qo‘shilib emas, balki u yerdan katta yoki kichik qon aylanish tizimlari orqali harakatlanishini aytadi. Uning nazariyasiga ko‘ra qon yurakning o‘ng qorinchasi qismidan chiqib, havo bilan aralashishi uchun o‘pkaga qadar boradi. Buning uchun esa o‘pka qon tomirlarida maxsus teshikchalar mavjudligi aytilgan. Ushbu nazariya tibbiyot olamida katta kashfiyot bo‘ldi va ma’lum davrga qadar tor doira mutaxassislari tomonidan foydalanilgan. 

Bundan tashqari, Ibn Nafis yurakning koronar qon arteriyalarini ham kashf qiladi. Ushbu kashfiyotgacha yurak qon bilan o‘z bo‘lmalari orqali ta’minlanadi degan qarash bo‘lgan edi. 300 yildan so‘ng ispaniyalik jarroh Migel Servato o‘rta asr musulmon olimining tadqiqotlarini aniq dalil bilan tasvirlab beradi.

         Ibn Nafis o‘zidan keyin tibbiyot sohasi uchun bebaho ilmiy meros qoldirgan. Xususan, “Sharhu tashrih qonun Ibn Sina” (Ibn Sinoning qonunlariga sharh) nomli kitobida u o‘zining ko‘p yillik tajribalarini Ibn Sinoning asariga qiyosiy ravishda keltiradi. “Kitabu shaamilu fis-sana’ti tib” (Tibbiyot san’atining keng qamrovli kitobi) asari esa tibbiyotning eng katta hajmdagi ensiklopedik kitobi hisoblanadi. U 300 jildlik bo‘lib, kitobda Ibn Nafis vafotiga qadar izlanishlarini bayon qilgan.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry